Lantanoidlar

Lantanoidlar (lantan va yun. eidos — koʻrinish), lantanidlar — Mendeleyev davriy sistemasining IV davrida lantandan soʻng joylashgan va xossalariga koʻra, unga oʻxshaydigan kimyoviy elementlar guruhi. Tartib raqamlari 58 dan 71 gacha boʻlgan 14 element: seriy (Se), prazeodim (Rg), neodim (Nd), prometiy (Rt), samariy (Sm), yevropiy (Yey), gadoliniy (Gd), terbiy (Tb), disproziy (Dy), golmiy (No), erbiy (Yeg), tuliy (Tt), itterbiy (Yb), lyutetsiy (i)dan iborat. Bu guruh elementlari lantan, ittriy, skandiylar bilan birgalikda nodirer elementlari deb ataladi. Lantanoidlarseriy va ittriy guruhchalariga boʻlinadi. L.ning bir necha tabiiy va sunʼiy izotoplari mavjud. L.ning sirtqi ikki elektron qobiqlari bir xil tuzilganligi tufayli ularning fizik-kimyoviy xos-salari, spektrlari oʻxshash. Lantanoidlar— kumushdek oq, baʼzilari, mas, prazeodim, neodim sargʻish metallar. Seriy guruhchasi elementlarining suyukdanish temperaturasi ittriy guruhchasi elementlariga qaraganda ancha past. Barcha lantanoidlarva lantanda paramagnit, baʼzilarida ferromagnit xossalari bor. Ular juda toza metall va yumshoq boʻlgani uchun ishlo-vi oson. Koʻpgina lantanoidlaruch, baʼzilari toʻrt va ikki valentli lantanoidlarva lantan kimyoviy jihatdan juda faol. Ular ancha turgʻun oksidlar, galogenidlar, sulfidlar hosil qiladi, vodorod, uglerod, uglevodorodlar, uglerod (II)- va (IV)oksid, azot, fosfor va boshqa elementlar bilan reaksiyaga kirishadi. Lantanoidlarsuvni parchalaydi, xlorid, sulfat, nitrat kislotalarda oson eriydi. Ftorid va fosfat kislotalar taʼsiriga chidamli. Lantan, seriy, prazeodim, neodim quruq va nam havoda uy temperaturasidayoq tez korroziyaga uchraydi. Qolgan metallar kam oksidlanadi, yaltiroqligini uzoq vaqt saqlaydi. Lantanoidlaroksidlari juda mustahkam boʻlib, yuqori temperaturada, mas, lantan oksid (La2O3) 2000°, seriy oksid (SeO3) 2500° da suyuqlanadi. 200°dan yuqorida lantanoidlargalogenlarning hammasi bilan faol reaksiyaga kirishadi. Hosil boʻlgan galogenidlar ancha yuqori temperaturada suyuklanadi va qaynaydi. Lantanoidlarvodorodni uy temperaturasidayoq biriktirib oladi; 200— 250° da reaksiya tezlashib, gidridlar hosil boʻladi. Azot bilan esa 750—1000°da reaksiyaga kirishib, RN (bu yerda R — L.) koʻrinishidagi nitridlar hosil qiladi. Lantanoidlarqizdirilganda uglerod, uglerod (P)-oksid, karbonat angidrid, metan gazi bilan birikadi va RC2 (bu yerda R—L) koʻrinishidagi karbid hosil qiladi. Ular havo va suvda oson parchalanadi. Lantanoidlaroltingugurt bugʻlarida qizdirilganda sulfidlar hosil boʻladi. Ular issiqqa chidamli va qiyin suyuqlanadi.

L.ning gidroksidlari asos xossalarini namoyon qiladi, suvda va ishqorlarda oz eriydi. Uch valentli L.ning xloridlari, sulfatlari va nitratlari suvda eriydi. Ftoridlari va ok-salatlari suvda va suyultirilgan mineral kislotalarda oz eriydi. L.ning fosfatlari, karbonatlari va ferritsianidlari suvda qiyin eriydi.

Lantanoidlarkoʻpgina organik moddalar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Bulardan limon kislota va aminopoli-sirka kislota qatori — nitrilotri-sirka kislota (NTA) va etilendia-mintetrasirka kislota (EDTA) va boshqa bilan hosil qilgan kompleks birikmalarning ahamiyati katta. Lantanoidlaryer poʻstining massa jihatdan 1,78-10~2%ini tashkil qiladi. Ayniqsa, lantan, seriy va neodim keng tarqalgan. Lantanoidlartarkibida nodir-yer elementlari bor minerallardan (250 dan ortiq) metallotermik hamda elektroliz usulida olinadi. Lantanoidlarqora va rangli metallurgiya, shisha, kimyo, toʻqimachilik sanoatida, optik asboblar va teri (koʻn) ishlab chiqarishda, radioelektronika sanoatida, atom reaktorlarida ishlatiladi. Keyingi vaqtda L.dan qishloq xoʻjaligida insektitsid va mikrooʻgʻit sifatida foydalanilmoqda. Stalina Kosimova.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil