Laura Bush

Laura Bush

Amerika Qo'shma shtatlarining birinchi xonimi
Tavalludi
Laura Lane Welch

1946-yil 4-noyabr
Midland, Texas, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Southern Methodist universiteti,Texas universiteti
Turmush oʻrtogʻi George W. Bush,1977-yil turmush qurgan
Otasi Harold Welch
Onasi Jenna Welch
Imzosi

Laura Lane Welch Bush (qizlik familyasi:Welch;1946-yil 4-noyabrda tugʻilgan) — amerikalik oʻqituvchi, kutubxonachi va yozuvchi, 2001—2009-yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlarning birinchi xonimi.[1][2][3] Bush avvalroq 1995-yildan 2000-yilgacha Texasning birinchi xonimi lavozimida ishlagan. U sobiq prezident George W. Bushning rafiqasi.

Bush Midlandda (Texas) tugʻilgan.1968-yilda Southern Methodist universitetida bakalavr darajasini tamomlagan va oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Ostindagi Texas universitetida kutubxonachilik boʻyicha magistrlik darajasini olgandan soʻng, u kutubxonachi boʻlib ishga qabul qilindi.

Bush boʻlajak turmush oʻrtogʻi George Bush bilan 1977-yilda tanishgan va ular oʻsha yilning oxirida turmush qurishgan. 1981-yilda er-xotinning egizak qizlari dunyoga keladi.U eri bilan 1978-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressiga, keyinroq esa Texasdagi gubernatorlik kampaniyasi uchun saylovda qatnashgan.

Texasning birinchi xonimi sifatida Bush sogʻliqni saqlash, taʼlim va savodxonlikka qaratilgan koʻplab tashabbuslarni amalga oshirdi. 1999—2000-yillarda u eriga prezidentlik uchun saylovoldi tashviqotida turli yoʻllar bilan yordam bergan, masalan, 2000-yilgi Respublikachilar milliy qurultoyida asosiy nutq soʻzlagan va xalqning eʼtiborini qozongan. 2001-yil 20-yanvarda eri prezident sifatida inauguratsiya qilinganidan keyin u Texasning birinchi xonimga aylandi.

Gallup tashkiloti tomonidan eng mashhur birinchi xonimlardan biri sifatida saylangan Bush oʻz faoliyati davomida milliy va global muammolar bilan shugʻullangan.[4] U 2001-yilda yillik Milliy kitob festivalini tashkil etish orqali taʼlim va savodxonlikni targʻib qilishda davom etdi[5] va butun dunyo miqyosida taʼlimni ragʻbatlantirdi. U, shuningdek, The Heart Truth va Susan G. Komen for the Cure tashkilotlari orqali ayollar muammolarini ilgari surdi. U OIV/OITS va bezgak haqida xabardorlikka qaratilgan xorijiy safarlarida Qoʻshma Shtatlar vakili sifatida qatnashdi.

  1. „Laura Welch Bush“. The White House.
  2. „Biography of Mrs. Laura Welch Bush“. whitehouse.gov. Qaraldi: 23-iyun 2009-yil.
  3. „Laura Bush First Ladies Biography“. National First Ladies' Library. 2012-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2016-yil.
  4. Jones, Jeffery M. „Laura Bush Approval Ratings Among Best for First Ladies“. Gallup Organization (9-fevral 2006-yil). 5-iyul 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-may 2008-yil.
  5. "Laura Bush Announces Foundation and Festival.(wife of President George Bush)." American Libraries (Chicago, Ill.) 32, no. 8 (2001): 16