Manchester

Manchester
Shahar va metropolitan tuman
Manchester
Gerb
53°28′0″N 2°14′0″W / 53.46667°N 2.23333°W / 53.46667; -2.23333
Mamlakat Buyuk Britaniya
Asos solingan mill.avv I asr
Aholisi
Konfessiyaviy tarkib
Vaqt mintaqasi UTCGMT
Telefon kodi 0161
[[File:|290px|Manchester xaritada]]
Manchester
Manchester

Manchester — Buyuk Britaniyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Katta Markazi konurbatsiyasining bosh shahri va metropoliten grafligining maʼmuriy markazi. Aholisi 430 ming kishidan ziyod (shahar atrofi bilan 2,6 mln. kishi). Eruelldaryosi va Manchester kanalidagi yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. t dan ortiq). Mamlakatning muhim sanoat va madaniy markazi. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika). Kimyo (boʻyoqlar ishlab chiqarish), toʻqimachilik, tikuvchilik, qogʻoz, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Viktoriya universiteti (1903), shahar muzeyi, badiiy galereya, Fri-Treydxoll konsert zali bor. Shaharga X asrda rimliklar qishlogʻi oʻrnida asos solingan. Oʻrta asrlarda savdo va hunarmandchilik shahri boʻlgan. XIX asrda Manchester ip gazlama sanoatining dunyoda yirik markaziga aylandi. Meʼmoriy yodgorliklardan gotika Sobori (XV-XVI asrlar) Ratusha, Birja binosi (XIX asr) saqlangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil