Markaziy bank

Markaziy bank – mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank „banklarning banki“ boʻlib, pul muomalasini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va tijorat banklarining hisoblarini olib borish, pul muomalasini tartibga solish, kredit muassasalarini nazorat qilish Markaziy bankning asosiy vazifasiga kiradi. Buyuk Britaniyada Angliya banki, AQSh Federal zaxira banki, Germaniyada Bundesbank, Yaponiya banki jahondagi eng yirik markaziy banklar qatorida turadi.[1]

  1. Fayzulla Mullajonov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil