Mars. | |
Mehvar tasnifi | |
---|---|
Katta yarim oʻqi | 227,936,637 km 1.52366231 AB |
Perimetri | 1,429,000,000 km 9.553 AB |
Ekssentrisiteti | 0.09341233 |
Perigeliy | 206,644,545 km 1.38133346 AB |
Afeliy | 249,228,730 km 1.66599116 AB |
Siderik davri | 686.9600 kun (1.8808 Yer yili) |
Sinodik davri | 779.96 kun (2.135 Yer yili) |
Oʻrtacha orbital tezligi | 24.077 km/soniya |
Eng katta orbital tezligi | 26.499 km/soniya |
Eng kichik orbital tezligi | 21.972 km/soniya |
Chekinish | 1.85061° (5.65° (Quyosh ekvatoriga nisbatan)) |
Orbital tugun uzunligi | 49.57854° |
Perigeliy argumenti | 286.46230° |
Tabiiy yoʻldoshlari soni | 2 |
Quyoshdan uzoqlik masofasi | 1.52 AB |
Fizik tasnif | |
Ekvatorining diametri | 6,804.9 km (0.533 (Yer)) |
Qutbiy diametri | 6,754.8 km (0.531 Yer) |
Siqiqligi | 0.00736 |
Maydoni | 144,798,465 km2 (0.284 (Yer)) |
Hajmi | 1.6318×1011 km3 (0.151 (Yer)) |
Massasi | 6.4185×1023 kg (0.107 (Yer)) |
Zichlik | 3.934 g/sm3 |
Tortish kuchi (ekvatorda) | 3.69 m/s2 (0.376 g) |
Birinchi kosmik tezlik | 5.027 km/s |
Siderik sutka | 1.025957 kun (24.622962 soat) |
Aylanish tezligi | 868.22 km/soat (ekvatorda) |
Ekliptikaga ogʻish burchagi | 25.19° |
Rektassenziya (Shimoliy qutb uchun) |
317.68143° (21 soat 10 daq 44 s) |
Deklinatsiya | 52.88650° |
Albedo | 0.15 |
Sirtidagi harorat - min - oʻrta - max |
133 K (−140 °C) 210 K (−63 °C) 293 K (20 °C) |
Atmosfera tasnifi | |
Atmosfera bosimi | 0.7–0.9 kPa |
Karbonat angidrid | 95.32% |
Azot | 2.7% |
Argon | 1.6% |
Kislorod | 0.13% |
Uglerod monoksidi | 0.07% |
Suv bugʻi | 0.03% |
Azot oksidi | 0.01% |
Neon | 0.00025% |
Kripton | 0.00003% |
Ksenon | 0.000008% |
Ozon | 0.000003% |
Metan | 0.00000105% |
tahrir |
Mars yoki Mirrix (arab.) — Quyosh tizimining Quyoshdan uzoqligi boʻyicha toʻrtinchi va kichikligi jihatdan Merkuriydan keyingi ikkinchi sayyorasidir. Bu sayyora qadimgi Rim mifologiyasidagi urush xudosi — Mars sharafiga shunday nomlangan. Mars atmosferasi siyrak boʻlgan ichki sayyora boʻlib, uning poʻsti asosan Yer poʻstiga oʻxshash unsurlardan, shuningdek, temir va nikeldan iborat yadrodan tashkil topgan. Mars sathini zarba kraterlari, vodiylar, choʻllar va qutb qalpoqlari egallagan. Shuningdek, uning Fobos va Deymos nomli ikkita yoʻldoshi bor.
Mars sathidagi eng eʼtiborga loyiq obyektlar qatoriga Olympus Mons va Valles Marinerisni kiritish mumkin. Olympus Mons (lotinchadan tarjimasi: „Olimp togʻi“) eng yirik vulqon va Quyosh sistemasiga kiruvchi sayyoralardagi eng baland togʻ boʻlsa, Valles Marineris (lotinchadan tarjimasi „Marineris vodiysi“) Quyosh sistemasidagi eng yirik kanyonlardan biri hisoblanadi. Shimoliy yarim shardagi Borealis havzasi sayyoraning 40 foizini egallaydi.[1] U yirik zarbadan keyin hosil boʻlgan, deb taxmin qilinadi. Marsda boʻladigan kun va fasllarni Yerdagi bilan taqqoslash mumkin, chunki ikki sayyorada ham aylanish davri va aylanish oʻqining ekliptika tekisligiga ogʻmaligi oʻxshash hisoblanadi. Mars yuzasida past atmosfera bosimi (Yer atmosfera bosimining 1 foizidan ham past) tufayli suyuq suv boʻlishi mumkin emas.[2][3] Marsning ikkita doimiy qutb qalpoqlari bor boʻlib, ular asosan muzliklardan tashkil topgan.[4][5] Koʻplab dalillar shuni koʻrsatadiki, Marsda uzoq oʻtmishda suv boʻlgan va shu sababli, ehtimol, hayot ham bor boʻlgan. Ammo, bu sayyorada hayot boʻlganmi va shunday boʻlsa, bugungacha saqlanib qolganmi degan savollar hamon javobsiz qolmoqda.
Marsni tadqiq qilish 1965-yili Mariner fazo apparatini unga uchirishdan boshlandi. NASA fazo agentligining Viking 1 fazo apparati 1976-yilda sayyora sirtiga qoʻnib, sayyora sirtidan ilk tasvirlarni Yerga uzatdi. Ikki mamlakat Marsga roverlarni (sayyorayurarlar) muvaffaqiyatli qoʻndira olib, ular: AQSh (1997-yilda Sojourner roveri bilan) va Xitoy (2021-yilda Zhurong roveri bilan).[6] Shuningdek, Marsni tadqiq qilish uchun koʻplab missiyalar rejalashtirilgan boʻlib, ularga 2026-yilda amalga oshirilishi reja qilingan Mars sample-return mission (MSR) va 2018-yilda ishga tushirilishi reja qilingan, ammo ayrim sabablar tufayli 2024-yilga qoldirilgan Rosalind Franklin missiyalarini kiritish mumkin.
Mars Yerdan odam koʻziga qizgʻish tusdagi nuqta boʻlib koʻrinadi. Uning qizgʻish rangda koʻrinishiga sabab sayyora sirtida temir oksidi keng tarqalgani boʻlib, shuning ortidan u Qizil sayyora, deb ham ataladi.[7][8] Bu sayyora Yer osmonidagi eng yorqin jismlar sirasiga kirib, koʻrinma yulduz kattaligi −2.94 ga yetadi (buni Yupiterniki bilan taqqoslasa boʻlib, faqatgina undan Venera, Oy va Quyosh yorqinroqdir). Tarixan, Mars odamlar tomonidan qadim zamonlardan beri kuzatilgan va uzoq yillar davomida oʻrganilib, insoniyatning ushbu sayyora haqidagi bilimi ortib bordi.