Massaning atom birligi

Massa atom birligi (m.a.b., dalton) – molekula, atom va boshqa elementar zarrachalar massasini oʻlchash birligi. 1961 yilda taklif etilgan (IUPAC). Massaning atom birligi sifatida uglerod C12 izotopining massasi olinadi. Nega aynan uglerod? Chunki koʻp birikmalarda uglerod atomi uchragani uchun uglerod atomining massasini 12 dan bir qismi olingan. 1 m.a.b. ≈ 1,6605402(10)*10−27 kg. Yoki Avogadro sonining teskarisiga teng (1/NA g). Modda tuzilishi haqidagi dastlabki tushunchani Demokrit (mil.avv. 760-370-yill) bayon etgan.