Merkuriy
|
Merkuriy (MESSENGER surati)
|
Mehvar tasnifi |
---|
O'rtacha radius | 69 816 927 km |
Ekssentrisiteti | 0,20530294 |
Aylanish davri
| 87,969 sutka |
Sinodik davri | 115,88 sutka |
Eng kichik orbital tezligi | 38.86 km/s |
O'rtacha orbital tezligi | 47.87 km/s |
Eng katta orbital tezligi | 58.98 km/s |
Chekinish | 3,38° |
Tabiiy yo'ldoshlar soni | 0 |
Fizik tasnif |
Ekvatorining diametri | 4879.4 km |
Maydoni | 7.5×107 km2 |
Massasi | 3.302×1023 kg |
O'rtacha zichlik | 5.427 g/sm3 |
tortish kuchi | 3.701 m/s2 |
Aylanish davri | -58.6462 sutka |
Ekliptikaga og'ish burchagi | 0.01° |
Albedo | 0,10-0.12 |
Ikkinchi kosmik tezlik | 4,25 km/s |
Sirtidagi Harorat |
min.* | o'rta. | maks. |
90 K | 340 K | 700 K |
|
(*Minimal harorat bulut qatlamining eng ustiga oid.) |
Atmosfera tasnifi |
Atmosfera bosimi | Juda past |
Kaliy | 31,7 % |
Natriy | 24,9 % |
A Kislorod | 9,5 % |
Argon | 7 % |
Geliy | 5,9 % |
M Kislorod | 5,6 % |
Azot | 5,2 % |
Karbon dioksidi | 3,6 % |
Suv | 3,4 % |
Vodorod | 3,2 % |
Merkuriy yoki Utorid (Atorid)(arab.) — Quyosh tizimidagi Quyoshga eng yaqin sayyora. Merkuriy Quyosh chiqishi oldidan va botgandan soʻng uning yaqinida koʻrinadi. Merkuriyning diametri 4865 km; massasi 3,304–1023 kg; Oʻrtacha zichligi 5,52 g/sm3. Merkuriyning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 0,387 astronomik birlikka (58 mln. km), Quyosh atrofidagi ekssentrisiteti ye=0,206 ga teng Merkuriyning Quyosh atrofida aylanish davri 88 sutka. Orbital harakatining tezligi 47,9 km/sek. M. satxida ikkinchi kosmik tezlik 4,3 km/sek, koʻrinma sferik albedosi Ak=0,058. Quyoshdan oʻrtacha uzoklikdagi temperaturasi; Quyosh zenit da boʻlganda T=618 K; nadirda esa G<250 K. Quyoshdan eng uzok, masofada boʻlganda yorugʻligi —0,3 dan + 0,6 gacha yulduz kattaligida. Merkuriy Quyoshdan 28° uzoqlashgani uchun uni kuzatish qiyin, shuning uchun kechki payt yoki erta tongda kuzatiladi. Bu vaqtda Merkuriy fazasi deyarli 90° ga teng boʻlib, kuzatuvchiga uning yoritilgai yarim doirasi koʻrinadi. Yuzasida qora, oqish dogʻlar va kucheiz atmosfera (SO, O, O2) borligi aniqlangan. Atmosfera tarkibida azot N va argon Ag boʻlishi mumkin. Merkuriyning tabiiy yoʻldoshi mavjud emas.[1]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil