Metallmaslar

Metallmaslar — metallarning xossalariga ega boʼlmagan kimyoviy elementlar. Metallmaslar metallar kabi yaltiroqlikka, choʼziluvchanlikka va yassillanuvchanlikka ega emas, issiklik va elektr tokini yomon oʼtkzadi, aksariyat hollarda kimyoviy reaksiyalar jarayonida elektronlarni qabul qilib oladi. M.ga 22 element kiradi: bor B, uglerod C, kremniy Si, azot N, fosfor P, mishyak As, kislorod O, oltingugurt S, selen Se, tellur Te, ftor F, xlor Cl, yod I, brom Br, astat At, vodorod H, inert gazlar — argon Ag , geliy Ne, kripton Kg , ksenon Xe, neon Ne, radon Rn. Metallmaslar davriy sistemada elementlar guruhlarining oʻng tomonida joylashgan. Elementlarning metallar va Metallmaslarga boʻlinishi maʼlum darajada shartlidir. Metallar guruhi bilan Metallmaslar guruhi orasiga keskin chegara qoʻyib boʻlmaydi. Yarim metallik va yarim metallmaslik xossalarini namoyon qiladigan elementlar (germaniy, qalay, qoʻrgʻoshin, vismut, poloniy) ham bor. Metallmaslar atomlarining sirtqi elektron qavatidagi elektronlar soni oʻsha element joylashgan guruh raqamiga teng boʻladi. Metallmaslar atomlari elektronlarni biriktirib olishga moyil, shuning uchun ularning ionlanish potensiali yuqori. Metallmasdan vodorod, azot, kislorod, ftor, xlor va inert gazlar xona haroratida gaz holatida boʻladi; brom suyuq, bor, uglerod, kremniy, fosfor, oltingugurt, margimush, selen, tellur, yod va as-ma/iqattiq moddalardir. Metallardan farqli ravishda Metallmaslar kislorod bilan kislotali oksidlar — kislota angidridlari hosil qiladi (mas, fosfat angidrid P2O5, sulfat angidrid SO3, peroxlorat angidrid Cl2O7 va boshqalar) Metallmaslarning baʼzi oksidlari (masalan; CO, NO, N2O va hokazo) betaraf oksidlar deyiladi. Metallmaslarning kislorod bilan birikishida oksidlanish darajasi qancha yuqori boʻlsa, hosil boʻlgan oksidning kislotaligi ham shuncha yuqori, shunga koʻra, unga toʻgʻri keladigan kislota ham kuchli boʻladi (mas, H2SO3 ga qaraganda H2SO4, HNO2 ga qaraganda HN03 kuchli). Metallmaslar vodorod bilan uchuvchan birikmalar hosil qiladi. Koʻpchilik Metallmaslar vodorodli birikmalarning suvdagi eritmasi kislotalardir. Inert gazlardan boshqa Metallmaslar yuqori elektr manfiylikka ega. Metallmaslarning xalq xoʻjaligida ahamiyati katta (Metallmaslar haqida toʻliq maʼlumot olish uchun ularga tegishli har bir element toʻgʻrisidagi maqolalarga q.).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil