Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Metamorfizm (yun. metamorpho-omai — tubdan oʻzgarmoq, oʻzgarishga uchramoq) — choʻkindi va magmatik togʻ jinslarining teksturasi, strukturasi va mineral tarkibining temperatura, bosim va chuqurlikdagi eritma (flyuid)larning kimyoviy faolligi taʼsirida oʻzgarishi (qayta kristallanishi, mi-neralogik va kimyoviy oʻzgarishi) jarayoni. Buning natijasida ular metamorfik togʻ jinslariga aylanadi. M.ningendogen vakosmogen turlari mavjud. Endogen M. regional va kontaktli M.ga boʻlinadi. Regional M. natijasida metamorfik slanetslar, kvarsitlar va marmar hosil boʻladi. M.ning bu turiga evolyusion rivojlanish davomida burmali mintaqalarning geosinklinal vulkanogen, vulkanogenchoʻkindi yotqiziqlari kiradi. Erta (granitlanishgacha) boʻlgan M. va keyingi M. farq qilinadi. Yer poʻsti chukur zonalari va uning tagidagi mantiya zichligining kamayishini M. bilan bogʻlaydilar. Kontakt M. intruziya yoki ekstruziya magmalarining bevosita yaqinida sodir boʻladi. Yuqori temperaturali sharoitdagi M.da minerallar degrada-siyaga uchraydi. M.da har vaqt jinsning kimyoviy tarkibi jiddiy oʻzgaradi. Kosmogen M. yirik meteoritlar tushgan vaqtda toʻlqin zarbining jinsga taʼsiridan qisqa muddat temperatura va bosimning keskin ortishi natijasida sodir boʻladi.[1]