Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mixail Vasilyevich Lomonosov (1711.8(19)11, Arxangelsk – 1765. 4(15)4, Peterburg) – rus tabiatshunos olimi, rus adabiy tilining asoschisi, shoir, rassom, tarixchi. Moskvada, Kiyevda (1734), soʻngra Peterburg akademiya untida oʻqigan (1735). 1736-yildan Germaniyaning Merburg va Frayburg universitetlarida kimyo va metallurgiya fanlaridan taʼlim olgan. Peterburg Fanlar akademiyasi ning birinchi akademik (1745). 1748-yilda Rossiya Fanlar akademiyasi qoshida 1-kimyoviy lab.ga asos solgan. 1755-yilda L. ningtashabbusi bilan Moskva universiteti tashkil etilgan (keyinchalik unga L. nomi berilgan). Moddalarning atom-molekulyar tuzilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirgan, kimyoviy reaksiyalarda massaning saqlanish qonunins topgan (1756), korpuskulyar (atom-molekulyar) taʼlimoti asoslarini taklif etgan (1741 – 50). Venera sayyorasida atmosfera mavjudligini aniklagan (1761). Falsafiy va grajdanlik ruhidagi rus odasining ijodkori. Dostonlar, sheʼriy nomalar, tragediyalar va hajviy asarlar, fundamental filologik tadqiqotlar hamda rus tilining ilmiy grammatikasi muallifi. Ranglar haqidagi nazariyani olgʻa surgan. Bir qancha optik asboblar yasagan. Mozaika sanʼatini rivojlantirgan, smaltalar ishlab chiqarishga katta hissa qoʻshgan, shogirdlari bilan birga koshinkor naqshlarning yangi turlarini taklif etgan. Shvetsiya Fanlar akademiyasi (1760), Bolonya Fanlar akademiyasi (1764) faxriy aʼzosi[1].