ruscha: Московский государственный университет имени М. В. Ломоносова (МГУ) | |
Xalqaro nomi |
Lomonosov Moscow State University |
---|---|
Turi | universitet |
Asos solingan sanasi | 1755 |
Rektori | Viktor Antonovich Sadovnichiy |
Joylashuvi |
Moskva , Rossiya |
Veb-sayti | msu.ru |
Moskva universiteti, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti — Rossiyadagi ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan eng yirik oliy oʻquv yurti. 1755-yil M. V. Lomonosov tashabbusi bilan tashkil qilingan. Dastlab falsafa, huquq va tibbiyot fakultetlari boʻlgan. Universitet podsho Rossiyasida ilgʻor fan va maʼrifat markazi boʻlgan. Unda yirik olimlar to'planib, turli ilmiy yoʻnalishlar shakllangan. Universitetda A. N. Radishchev, A. S. Griboyedov, M. Yu. Lermontov, V. G. Belinskiy, A. I. Gersen, A. N. Ostrovskiy, I. S. Turgenev, K. D. Ushinskiy, A. P. Chexov va boshqa mashhur kishilar oʻqigan. 1940-yil M. V. Lomonosov nomi berilgan. Fizika, matematika, kimyo, biologiya, geol., geogr., filologiya, tarix, falsafa, psixologiya, huquq va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Tarkibida 18 fakultet, Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim va oʻqituvchilar malakasini oshirish muassasalari, darslar fransuz tilida olib boriladigan kollej bor. Universitetda 200 dan ortiq kafedra va 430 ilmiy tadqiqotlar laboratoriya va stansiya, 4 ilmiy tadqiqotlar instituti (mexanika, yadro fizikasi, P. K. Shternberg nomidagi astronomiya, D. N. Anuchin nomidagi antropologiya), hisoblash markazi, 4 rasadxona, 3 muzey, Botanika bogʻi, ilmiy kutubxona (1756-yil tashkil etilgan; 6 mln.dan ortiq asar saqlanadi), nashriyot (1927-yil tashkil etilgan) mavjud. 1992-yil universitet oʻzini oʻzi boshqaruvchi Rossiya davlat oliy oʻquv yurti makrmini oldi. Universitetda 25 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi, 9 mingga yaqin ilmiy pedagogik xodim ishlaydi.[1]