Moyak

Odamning jinsiy bezlari. Erkak (moyak, o'ng) va ayol (tuxumdon, chap)

Moyak, urugdon — erkaklar jinsiy bezi; yorgoq ichida joylashgan. M.da organizmdagi bir qancha funksiyalarga taʼsir koʻrsatadigan erkaklar jinsiy gormoni ishlanib, qonga oʻtadi. Balogʻatga yetgan davrda M. toʻliq yetiladi, yosh utishi bilan bir oz kichrayib boradi. Embrionda M. qorin boʻshligʻida belning yuqoridagi ikkita umurtqasi sohasida paydo boʻladi va tugʻilish davriga kelib yorgʻoqqa tushadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil