Muqaddas kitoblar


Din

Oʻz-oʻzini diniy anglash turlari

Monoteizm  · Dualizm  · Politeizm  · Deizm · Teizm  · Itsizm · Panteizm · Pandeizm

Ibtidoiy dinlar

Totemizm  · Animizm  · Fetishizm  · Shomonizm

Dunyo dinlari

Buddizm · Bahoiylik

Ibrohimiy dinlar

Yahudiylik · Xristianlik · Islom

Dharmik dinlar

Hinduiylik · Jaynizm · Sikhizm · Buddizm

Uzoq Sharqning anʼanaviy dinlari

Daosizm · Konfutsiylik · Sintoizm

Boshqa dinlar

Tangrichilik  · Zardushtiylik

Asosiy gʻoyalari

Tangri · Ruh · Gunoh  · Muqaddaslik · Ruh falsafasi · Iymon  · Dogma · Muqaddas kitoblar  · Oʻlimdan keyingi hayot  · Ibodat  · Ibodatxona

Dinlarning roʻyxati

g · m

Muqaddas kitoblar, ilohiy kitoblar — muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar.

Buddaviy dinida - Tripitaka

Hinduiy dinida - Vedalar va upanishadlar

Xristian dinida - Bibliya(Muqaddas kitoblar to'plami)

Yahudiy dinida -Tavrot

Islom dinida - Qurʼon shunday kitoblardan hisoblanadi. Muhammad alayhissalom taʼlimotiga koʻra, Alloh oʻtgan paygʻambarlarning baʼzilariga sahifalar, baʼzilariga esa kitoblar nozil qilgan. Ular 100 sahifa va 4 kitobdan iborat. 100 sahifadan 10 sahifani Odamga, 50 sahifani Shisga, 30 sahifani Idrisga, 10 sahifani Ibrohimga yuborgan. Musoga Tavrotni, Dovudga Zaburni, Isoga Injilni va Muhammadga Qurʼonni nozil qilgan. Qurʼondan boshqa Muqaddas kitoblar va sahifalar bir yoʻla bir dafʼada nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qurʼon Jabroil orqali 23 yil mobaynida oyat-oyat, sura-sura shaklida yuborilgan. Diniy aqidaga koʻra, Alloh bandalarining ruhiy va moddiy ahvollarini yaxshi bilgan holda har bir paygambarga uning ummatlariga munosib hukmlar bayon etilgan kitob va sahifalar yuborib turgan. Ular oʻz davrida ummatlar uchun hidoyat manbai boʻlgan. Islom taʼlimoti boʻyicha, Qurʼon Allohning "qiyomat"gacha hukmi oʻzgarmaydigan, tillarda va dillarda saqlanib qoladigan kitoblaridandir.[1]

  1. Mansur, Abdulaziz. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil