| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Surxondaryo viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Xalqobod (Muzrabot tumani) | |
Asos solingan sanasi | 1968-yil 25-dekabr | |
Alisher Qurbonov[1] | Hokim | |
Rasmiy tillar | Oʻzbek | |
Aholi (2022-yil) | 147 126 kishi | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar | |
Maydoni | 0,74 ming km² | |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 | |
Avtomobil raqami kodi | 75 | |
Xaritada | ||
37°25′0″N 66°50′0″E / 37.41667°N 66.83333°E |
Muzrabot tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1968-yil 25-dekabrda tashkil etilgan[2]. 1994-yilgacha Gagarin tumani deb yuritilgan. Viloyat hududining eng janubiy qismini egallaydi. Shimolida viloyatning Sherobod va Qiziriq, sharqda Angor tumanlari, janubi-sharqda Termiz tumani, janubida Amudaryo orqali Afgʻoniston, gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni – 0,74 ming km² ni tashkil qiladi[3]. Tumanda 9 qishloq fuqarolar yigʻini (Beshqoʻton, Boldir, Guliston, Muzrabot, Navbahor, Obodon, Xalqobod, Shoʻrob, Qorakamar) bor. Tarkibida 10 ta shaharcha, 48 ta qishloq aholi punktlari va 37 mahalla mavjud. Bundan tashqari u yerda bitta gazeta „Muzrabot“ gazetasi faoliyat yuritadi[4]. Markazi – Xalqobod qoʻrgʻoni.