Nishopur — Eronning shim.-sharqiy qismidagi shahar, Xuroson ostonida. Aholisi 160 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Sugʻorma dehqonchilik qilinadigan rayon (paxta, moyli ekinlar; bogʻlar, tokchilik; chorvachilik) markazi. Oziq-ovqat va koʻn sanoati korxonalari bor. Shahar yaqinidan feruza qazib olinadi. Sha-harga 3-asr oʻrtalarida asos solingan. Shahar nomini sosoniylar shohi Sho-pur 1 (yoki Shopur II) nomi bilan bogʻlaydilar. Shaharni 7-asr oʻrtalarida arablar egallagan. 9-asrda Tohiriylar davlati, 10-asrda Somoniylar davlatiningXuroson noibligi poytaxti. N. 9—12-asrlarda Urta Sharqning muhim iqti-sodiy markazlaridan edi. 1153-yilda oʻgʻuzlar, 1221-yilda moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan, aholisi deyarli qirib tashlangan. 14—15-asrlarda shahar qayta tiklandi, biroq iqtisodiy ahamiyati pasayib bordi. 1722-yilda af-gʻonlar tomonidan vayron qilingan. Nishopurda fors shoiri Umar Xayyom va Fa-riduddin Attor yashab, ijod qilgan va oʻsha yerga dafn etilgan[1].