Novus, naus — zardushtiylarning ostodon (ossuariy)larini saqlash uchun loy, tosh, gʻishtdan qilingan inshoot. Zardushtiylarda oʻliklarni yerga koʻmish, suvga tashlash, oʻtda yoqish man qilingan. Oʻliklarni qoyalar, qumlar ustiga tashlab, daxmalarga qoʻyib, yirtqich hayvon va qushlarga yedirganlar, suyagini ostodon yoki xum va xumchalarga solib, N.da saqlaganlar. N.lar 1,5 m kenglikdagi uzun oxur.[1]