Nur kasalligi

Nur kasalligi - ionlovchi nurlarning organizmga taʼsir etishida yuzaga keladigan kasallik (k,. Ionlanish). Nur kasalligi butun gavda yoki uning kattagina qismi tashqaridan nurlanganda, shuningdek, organizmga nafas, meʼda — ichak yoʻli va teri orqali radioaktiv moddalar kirishi natijasida u ichka-ridan nurlanganda, aksariyat nurlanish normal miqdordan ortganda roʻy beradi. Ionlovchi nurlarning qisqa vaqt (bir necha minut, soat) taʼsir etishi natijasida paydo boʻladigan oʻtkir va kamroq dozadagi nur uzok, vaqt (bir necha oy va yillar) taʼsir etganda yuzaga keladigan surunkali Nur kasalligi farqqilinadi. Bunda, asosan, qon yaratuvchi aʼzolar, nerv sistemasi, meʼda-ichak yoʻli va boshqa aʼzolar zararlanadi. Ionlovchi nurlar ishlatilganda maxsus himoya materiallar va kimyoviy preparatlar qoʻllangani uchun nur kasalligi, asosan, yadro quroli portlaganda yoki yadro reaktori va radioizotop apparatlar avariyasi natijasida vujudga keladi. Organizmning shikastlanish darajasi (yengil, oʻrtacha, ogʻir va juda ogʻir), asosan, nur dozasiga, shuningdek, organizmning nurni individual sezuvchan-ligiga bogʻliq. Nur kasalligining oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali xili farq qilinadi. Qisqa vaqt ichida katta dozada nur taʼsir etganda, Mas, atom va termoyadro qurollari portlaganda oʻtkir Nur kasalligi kuzatiladi. Odatda, kamroq dozadagi nur uzoq taʼsir etganda oʻrtacha oʻtkir va surunkali Nur kasalligi roʻy beradi. Kasallikning bir shakllari organizmga radiatsiya taʼsir etgach, oylar va yillar oʻtgandan keyin paydo boʻlishi bilan oʻtkir Nur kasalligidan farq qiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil