Nurota tumani

Nurota tumani



tuman
Tegishli Navoiy viloyati
Maʼmuriy markazi Nurota
Tuman hokimi Azamat Fayziyev
Avtomobil raqami kodi 85
Rasmiy sayti https://www.nur-ota.uz/uz
Xaritada
Nurota tumani xaritada
40°34′0″N 65°41′0″E / 40.56667°N 65.68333°E / 40.56667; 65.68333

Nurota tumani — Navoiy viloyatidagi tuman. Shimolidan viloyatning Tomdi, gʻarbdan Konimex tumanlari, Buxoro viloyati, sharqdan Jizzax viloyati, janubidan Navoiy, Xatirchi tumanlari, Samarqand viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 6,5 ming km². Bu koʻrsatkich bilan Nurota tumani Navoiy viloyati tumanlari orasida toʻrtinchi oʻrinda (Uchquduq, Tomdi va Konimex tumanlaridan keyin) turadi. Nurota viloyati geografiyasi Navoiy viloyatining boshqa viloyatlari orasida eng xilma-xildir. Tumanning shimoliy va gʻarbiy qismlarini choʻl va dashtlar, janubiy va sharqiy qismlarini togʻlar, yaylovlar va sugʻoriladigan yerlar egallaydi[1]. Aholisi 78 ming kishi (2003). 1 shahar (Nurota), 7 kish-loq fuqarolari yigʻini (Nurota, Dehi-baland, Sentob, Qizilcha, Chuya, Gum, Gʻozgʻon) bor. Tuman markazi — Nurota shahri.

  1. НЭУ & 2000—2005, Нурота тумани.