Ochiq aksiyadorlik jamiyati

Ochiq aksiyadorlik jamiyati — ishtirokchilari oʻzlariga qarashli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf etishi mumkin boʻlgan aksiyadorlar jamiyati. Bundam aksiyadorlik jamiyati oʻzi chiqaradigan aksiyalarga qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan shartlar asosida ochiq obuna oʻtkazishga va ularni erkin sotishga haqi. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi. Oʻzbekistonda Ochiq aksiyadorlik jamiyati faoliyati "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1996-yil 26-aprel) bilan tartibga solinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil