Ost-indiya (niderlandcha: Oost-Indië; inglizcha: East Indies — Sharqiy Hindiston) — Hindiston hamda Janubiy va Jan.-Sharqiy Osiyodagi baʼzi mamlakatlar hududlarining yevropaliklar oʻrtasidagi eski nomi. Vest-Indiya terminining aksi sifatida vujudga kelgan. Oʻsha vaqtlarda Amerikaning Karib dengizidagi X. Kolumb kashf qilgan orollarini "Hindiston" deb hisoblagan yevropaliklar sharqqa tomon sayohat qilib, haqiqiy Hindistonni topgach, uni Ost-indiya deb atadilar. Angliya, Gollandiya va Fransiya Ost-Indiya kompaniyalarining mustamlakachilik faoliyatlari natijasida Ost-indiya nomi uzoq vaqt saqlanib keldi. [1]