Oybek

Ushbu maqola yozuvchi haqidadir. Oybek soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.
Oybek (Muso Toshmuhammad)
Tavalludi 10-yanvar 1905-yil
Toshkent
Vafoti 1-iyul 1968-yil(1968-07-01)
(63 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Turkiston Muxtoriyati,
SSSR
Sohasi shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim, jamoat arbobi
Institutlar Toshkent instituti, Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti (1933-yil), Fanlar komiteti huzuridagi Til va adabiyot instituti (1934–1937-yillar), Oʻzbekiston Til va adabiyot instituti (1950–1952-yillar)
Mashhur ishlari „Qutlugʻ qon“, „Navoiy (roman)“, „Sayyohi hindi“, „ Quyosh qoraymas“, „ Oltin vodiydan shabadalar“, „Ulugʻ yoʻl“, „Bolalik xotiralarim“
Mukofotlari

Oybek (taxallusi; asl ism-sharifi Musa Toshmuhammad oʻgʻli; 1905-yil 10-yanvar — Toshkent — 1968-yil 1-iyul) — shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1965), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943). Oybek hunarmand-boʻzchi oilasida tugʻilgan. Dastlab Oqmasjid mahallasidagi eski maktabda (1911-1917), soʻng Munavvarqori Abdurashidxonov tashkil etgan „Namuna“ maktabida (1918-1921) boshlangʻich maʼlumot oladi. Shundan keyin Navoiy nomidagi taʼlim va tarbiya texnikum-internatida tahsil olgach (1921-1925), Toshkent unversitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1925-1927), Leningrad xalq xoʻjaligi institutida (1927-1929) oʻqiydi va ogʻir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib, Toshkent unversitetida oʻqishni tugatadi (1930).