Oygaying

Oygaying
Oygaying sentyabrda
Oygaying sentyabrda
Tavsif
Uzunligi 76
Havzasi Piskom / Chorboq / Chirchiq/Sirdaryo/
Kichik Orol dengizi/Katta Orol dengizi
Suv sarfi 27,9 m³/s
Suv oqimi
Boshlanishi
 · Boshlanish joyi Piskom tizmasi va Talas Olatovi tizmalari orasida
 · Balandligi 3 091 m
Quyilishi Piskom
 · Quyilish joyi Piskom, Ugom va Maydontol tizmalari oraligʻida.
 · Balandligi 1 485 m
Joylashuvi
Davlat Oʻzbekiston
Mintaqa Toshkent viloyati
Tuman Boʻstonliq tumani
Oygaying

Oygaying (qirgʻizchadan „qayin toʻsin“, „qayinlar vodiysi“ deb tarjima qilinadi[2]) – Toshkent viloyatidagi togʻ daryosi. Talas Olatovi va Piskom tizmasi tutashgan yerdagi (Toʻqmoqsoldi dovonidan shimoli-sharqda) muzliklardan Shovursoy nomi bilan boshlanadi. Uzunligi 76 km, havzasining maydoni 1102 km². Suv yigʻilish maydonining oʻrtacha balandligi 2998 m.

Oygaying chuqur va tor vodiyda oqadi. Qayir va birinchi koʻhna qayir (terrasa) yaxshi rivojlangan. Qadimgi muzliklardan qolgan morenalar koʻp uchraydi. Daryo oʻzani katta-katta xarsangtoshlar bilan toʻsilganligi sababli, ayrim yerlarda shovvalar hosil boʻlgan. Mavsumiy qor, qorliklar va muzliklardan toʻyinadi. Iyul—sentyabrda suvi koʻpayadi (44—46%). Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 27,9 m³/sek., oʻrtacha oqim moduli 27,2 l/sek, km². Umumiy uzunligi 206 km dan ortiq, 100 ta irmogʻi bor. Yiriklari: Tastorsoy, Oqqopchigʻay, Baqiroqsoy, Koʻksuv, Beshtorsoy, Charaolmasoy[3].

  1. „Географические и гидрологические характеристики (по материалам справочника «Ресурсы поверхностных вод СССР»)“. 2013-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-mart.
  2. Гранитов И. И., Ахунов Х. М. О растительном покрове Чирчик-Ангренского бассейна // Ташкентский государственный университет им. В. И. Ленина. Научные труды. — Ташкент, 1973. — Вып. 439. — С. 127.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil