Paleografiya

Buyuk ozodlik xartiyasi (1225-yil)

Paleografiya (paleo... va ... grafin) — yozuv belgilarining yaratilishi va ularning rivojlanishini oʻrganuvchi tarixiy-filologik fan; nazariy Paleografiya tarixan oʻzgargan yozuv xususiyatlarining qonuniyatlarini aniklaydi; amaliy va tavsifiy Paleografiya muayyan qoʻlyozmaning qachon va qayerda yaratilganini, uni yozgan yoki koʻchirgan shaxsning ishtirokini xamda kotiblarning ish hajmini aniklash maqsadida kotiblarning yoki ayrim qoʻlyozmalarning individual (oʻziga xos) jihatlarini oʻrganadi.

Paleografiya mustaqil fan sifatida diplomatika (qad. hujjatlar, yorliqlar va qad. yozma manbalarning haqiqiyligini aniqlovchi soha)dan ajralib chiqqan. "Paleografiya" terminini birinchi marta fran-siyalik monax Bernar de Monfokon qoʻllagan (1708). Paleografiyaning asosiy vazi-fasi — sanasi koʻrsatilgan qoʻlyozmalar yozuvining xronologik va hududiy xususiyatlarini aniklash va tartibga solish va shu asosda muayyan matnda uning yozilish vaqti va joyi koʻrsatilmagan, bu haqda bilvosita maʼlumotlar boʻlmagan qoʻlyozmalarning ham davri va joyini aniklashdir.

Paleografiya yozuv belgilarini, asosan, harflar va ularning tarkibiy unsurlari-ni, satrusti hamda farqlovchi belgilarni, qisqartirib yozish usullari va boshqalarni oʻrganadi. Vaqt oʻtishi bilan almashinib va oʻzgarib turgan yozuv materiallari va qurollari ham Paleografiyaning urganish obʼyektidir. Asosiy yozuv materiallari hisoblangan palma yaprogʻi, papirus, maxsus ishlov berilgan teri (pergament) va, nihoyat, qogʻozdagi yozma manbalarni Paleografiya urgansa, boshqa yozma yodgorliklarni Paleografiyaga yondosh boʻlgan sohalar oʻrganadi. Mas, tosh, yogʻoch, sopol, metall va shahrik.da saqlangan yozuvlarni epigrafika, muhrlardagi yozuvlarni sfragistika, tangalardagi yozuvlarni numizmatika oʻrganadi. Paleograf oʻz tadqiqotlarida ana shu yordamchi fan sohalaridan, shuningdek, Paleografiyadan ajralib chiqqan filigranologiya (qogʻozdagi suv belgilari asosida qogʻozni ishlab chiqargan korxonani va davrni aniklaydi), kodikologiya (qad. qoʻlyozma kitoblarning hozirgi holatini oʻrganadi), neografiya (hozirgi yozuvni, hatto mashinka yozuvi va matbaa mahsulotlarini oʻrganadi)dan, matnshunoslik va kitobshunoslikdan yaxshi xabardor boʻlishi kerak.

Paleografiya, asosan, tarixiy tilshunoslik, tarix, adabiyotshunoslik, sanʼatshunoslik ehtiyojlari uchun xizmat qiladi, chunki paleografik tahlil bu fanlar uchun manba sifatida tadqiq etilayotgan qoʻlyozmani oʻrganishda majburiy birinchi bosqich hisoblanadi. Paleograf tilshunoslar manbaning kelib chiqish vaqti va joyini aniklashdan tashqari, muayyan qoʻlyozma kitobning yozilishida ishtirok etgan shaxs (kotib)larning ishini yoki bir necha qoʻlyozmani yozgan (koʻchirgan) ayni bir shaxsning yozuv xususiyatlarini aniqlashga katta eʼtibor beradi, matnshunoslik yordamida muallif yoki kotibning, binobarin, dastlabki yoki ikkilamchi qoʻlyozmaning til xususiyatlarini aniklashga harakat qiladi.

Ayni paytda Paleografiya boshqa ijtimoiy fanlarning maʼlumotlari va metodlaridan foydalanadi: qoʻlyozmaning til xususiyatlari asosida uning sanasini belgilash va joyini aniklashda tilshunoslikning; ayni shunday maʼlumotlarni yorliklar va turli hujjatlardagi turgʻun iboralar va soʻz birikmalari asosida aniklashda diploma-tikaning; matn tarixi boʻyicha maʼlumotlardan ayni shu maqsadlarda foydalanishda matnshunoslikning; qoʻlyozmadagi miniatyuralar, lavxalar va boshqa badiiy bezaklarning xususiyatlarini hisobga olishda sanʼatshunoslikning metodlaridan foydalaniladi. 20-asrda aniq fanlarning maʼlumotlaridan ham foydalanish boshlandi: siyoh va boʻyoqlarni tahlil qilishda kimyoviy usullarning qoʻllanishi; oʻchib ketgan, tirnalgan, yuvilgan yoki boʻyalib, chaplashib qolgan matnlarni rang farqlovchi fototasvir orkali anikdashda fizika maʼlumotlaridan foydalanish va boshqa

Baʼzi tadqiqotchilar qad. qoʻlyozmalarni oʻqiy olish malakasiga ega boʻlish, qoʻlyozmani ekspertiza qilish va uning haqik,iy yoki soxtaligini aniqlash, yozma manbalarning izoxli toʻplamlarini nashr etish kabi ishlarni ham Paleografiyaning vazifasi deb hisoblaydilar. Holbuki, bunday ishlar matnshunoslik, manbashunoslik, diplomatika kabi soxalar doirasida amalga oshiriladi.

Oʻrganilayotgan alifbolarning turiga muvofiq, Paleografiya arab Paleografiyasi, turkiy Paleografiya, hind Paleografiyasi, xitoy Paleografiyasi, yunon Paleografiyasi, lotin Paleografiyasi, slavyan Paleografiyasi va boshqa turlarga boʻlinadi. Umumiy Paleografiya tushunchasi hozircha mavjud emas. Hozirgi fan oddiga har qanday davr, har qanday materialda yozilgan barcha turdagi yozuvlarning umumiy qonuniyatlarini oʻrganishi mumkin boʻlgan umumiy Paleografiyani shakllantirish masalasi qoʻyilgan.

Oʻzbekistonda yozma yodgorliklarning aksariyati arab yozuvida boʻlgani sababli arab Paleografiyasi bir kadar rivojlangan. Bu sohadagi tadqiqotlar, asosan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayqon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida, qisman tegishli muzeylarda amalga oshirilmoqda.

Abduvahob Madvaliyev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil