Partiya (lotincha partio — boʻlaman, ajra-taman degan ma'noni anglatadi):
1) gʻoyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak boʻlgan (qarang Siyosiy partiyalar), shuningdek, muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi (mas, qidiruv Partiyasi);
2) bir manzilga bir vaqtda joʻnatilgan tovarlar;
3) muayyan natijagacha oʻtkaziladigan oʻyin (mas, shaxmatdagi Partiya); bir kancha oʻyinlardagi oʻyinchilar tarkibi.[1]