Pinyin

Pinyín (xitoycha: 拼音, pīnyīn; rasmiy: 汉语拼音, Hànyǔ pīnyīn, Hanyuy pinyin, yaʼni „Xitoy tili tovushlarini yozish“) — putunxua uchun romanlashtirish tizimi. Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy maqomga ega.[1] Pinyin 1958-yilda qabul qilingan boʻlib[1], uning muallifi Chjou Youguang hisoblanadi. 1979-yildan pinyin butun dunyoda XXRdagi nomlarni lotinchaga oʻgirishning rasmiy vositasi sifatida qoʻllanadi. U avval mavjud boʻlgan Ueyld — Jaylz va chjuin transkripsiyalarining oʻrnini bosdi. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) pinyinni xalqaro standart sifatida 1982 yilda qabul qildi.[2] Birlashgan millatlar tashkiloti esa 1986-yilda qabul qildi.[3]

2009-yil 1-yanvardan pinyin Tayvanda rasmiy romanlashtirish standartiga aylandi. Lekin undan taʼlim yoki kompyuterda kiritish uchun emas, xalqaro tadbirlarda foydalaniladi[4][5]. Ammo Tayvandagi baʼzi shaharlar, korxona va tashkilotlar (asosan Tayvan janubida) bu oʻzgarishni qabul qilishmadi, ular „Pinyin — XXR bilan yaqin aloqalar vositasi boʻlishi boʻlishi mumkin“, deb hisoblashdi. Shu sabab Tayvanda pinyindan boshqa romanlashtirish tizimlari saqlanib qoldi.[6] „Hanyuy“ (xit. an’anaviy 漢語, soddalashtrilgan 汉语, pinyin: Hànyǔ) soʻzi „Xan xalqining ogʻzaki tili“ degan maʼnoni anglatsa, „Pinyin“ (xit. an’anaviy 拼音, soddalashtrilgan 拼音, pinyin: Pīnyīn) soʻzma-soʻz tarjimada „yozilgan tovushlar“ deganidir.[7]

Pinyinda lotin alifbosining V belgisidan tashqari qolgan barcha belgilari ishtirok etadi, ularga Ü (u-umlyaut qoʻshilgan; kompyuterda yozishda V belgisi oʻrniga Ü belgisini ishlatish mumkin). Pinyinda tovushlarni belgilash uchun diakritik belgilardan foydalaniladi. Ulardan asosan oʻquv adabiyotlarida foydalaniladi. Lugʻatlarda pinyinda yozilgan soʻz oxirida tovush raqami qoʻyiladi, masalan: dong2 yoki dong² (= dóng).

  1. 1,0 1,1 „Pinyin celebrates 50th birthday“. Sinxua (2008-yil 11 fevral). 2011-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-sentyabr.
  2. „ISO 7098:1982 – Documentation – Romanization of Chinese“. Qaraldi: 2009-yil 1-mart.
  3. Margalit Fox.. „Zhou Youguang, Who Made Writing Chinese as Simple as ABC, Dies at 111“. The New York Times (14-yanvar 2017-yil).
  4. „Hanyu Pinyin to be standard system in 2009“. Taipei Times (2008-yil 18-sentyabr). 2011-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-sentyabr.
  5. „Gov't to improve English-friendly environment“ (deadlink). The China Post (2008-yil 18-sentyabr). 2011-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2008-09-19 sanasida arxivlangan)
  6. Copper, John F.. Historical Dictionary of Taiwan (Republic of China. Lanham: Rowman & Littlefield, 2015 — xv-bet. ISBN 9781442243064. Qaraldi: 4-dekabr 2017-yil. „But some cities, businesses, and organizations, notably in the south of Taiwan, did not accept this, as it suggested that Taiwan is more closely tied to the PRC.“ 
  7. The online version of the canonical[oydinlashtirilsin] Guoyu Cidian (《國語辭典》) defines this term as: 標語音﹑不標語義的符號系統,足以明確紀錄某一種語言。 'a system of symbols for notation of the sounds of words, rather than for their meanings, that is sufficient to accurately record some languageʼ. See this entry online[sayt ishlamaydi].[sayt ishlamaydi] Retrieved 14-sentyabr 2012-yil.