Pomir

Pomir — Oʻrta Osiyodagi yirik togʻli oʻlka. Asosan, Tojikiston (Togʻli Badaxshon muxtor viloyati) hududida, janubidagi kichik qismi (Vahon tizmasining sharqiy qismi) Afgʻoniston hududida, sharqiy qismi esa Xitoy hududida joylashgan.

P.ning shim. chegarasi Orqa Olay tizmasining shim. etagidan, jan.dagisi Panj va Vahondaryo, Vahon tizmasi hamda Toshqoʻrgʻon daryosining boshlanish qismidan oʻtadi. Sharqda Pomirga Sariqoʻl tizmasi (eng baland joyi 6351 m) va Qashqar togʻlari kiradi. Qashqar togʻlarining eng baland choʻqqilari — Qoʻngʻir (7579 m), Muztogʻota (7555 m), Oqsoyboshi (6148 m). Gʻarbda P.ning chegarasi Panj daryosi, shim.- gʻarbida P.ga Pyotr I va Darvoz tizmalari kiradi. P. kenglik boʻylab taxminan 300 km ga yaqin, meridian boʻylab 250 km ga choʻzilgan.

Relyefi. P. deyarli kenglik va meridian boʻylab choʻzilgan koʻplab tizmalardan tashkil topgan. U Tarim va Amudaryo xavzalarini bir-biridan ajratadi.

P.ning shimoliy qismidagi Orqa Olay tizmasi kenglik boʻylab, gʻarbdan Qizilsuv va Muksuv daryolarining qoʻshilish qismidan sharqqa, Otchaylo choʻqqisigacha choʻzilgan. Oʻrtacha balandligi 6000 m, eng baland joyi 7134 m. Orqa Olay tizmasining sharqiy qismida Qizilart dovoni (balandligi 4280 m) joylashgan, undan Oʻsh—Xorugʻ avtomobil yoʻli oʻtadi.

Orqa Olay tizmasidan janubida P. orografik jihatdan ikki qismga: Gʻarbiy P. va Sharqiy P.ga boʻlinadi. Gʻarbiy P. bir qancha kenglik va jan.-gʻarbga choʻzilgan juda baland, bir-biridan chuqur, asosan, dara shakliga ega boʻlgan daryolar bilan ajralgan, alp tipli relyefga ega boʻlgan tizmalardan iborat. Tizmalar yon bagʻirlarida (asosan, 4000–4600 m balandliklarda) tekislangan yuzaliklarning qoldiqlari saqlanib qolgan, ular chuqur parchalangan. Gʻarbiy P.ning eng baland tizmalari-ga, uning shim.-gʻarbidagi Pyotr I (eng baland joyi 6785 m), Darvoz (6083 m), Vanj (5584) tizmalari kiradi. Pyotr 1 va Vanj tizmalari sharkda kenglik boʻylab choʻzilgan Fanlar Akademiyasi tizmasi bilan tutashadi. Pyotr I va Fanlar Akademiyasi tizmalari tutashgan joyda balandligi 7495 m li Somoniyon choʻqqisi joylashgan. Vanj va Fanlar Akademiyasi tizmalaridan janubida Yazgʻulom (6974 m), Rushon (6080 m), Shugʻnon (5704 m), Shoxdara (6726 m), Gʻarbiy P.ning jan.-gʻarbiy qismida deyarli meridian boʻylab choʻzilgan Ishkoshim tizmalari (6096 m) joylashgan. Ushbu tizmalarning nisbiy bal. (Panj daryosining oʻng irmoqlari oʻzanidan) 2000–3500 m. Gʻarbiy P. tizmalari yon bagʻirlarining nisbiy balandligi, tikligi, nurash jarayonlarining kuchliligi va kuchli zilzilalarning tez-tez boʻlib turganligi natijasida koʻplab surilmalar va qulashlar sodir boʻlishiga olib kelgan. 1911-yilda togʻ qulashi natijasida Sarez koʻli hosil boʻlgan.

Sharqiy P. yer yuzasining tuzilishi Gʻarbiy P.nikidan farqqiladi. P.ning bu qismida togʻ tizmalari yassi tekislik koʻrinishdagi keng vodiylar va balandligi 3500–4500 m li botiqlar (Rangkoʻl, Shoʻrkoʻl, Qorakoʻl va boshqalar) orqali birbiridan ajralgan. Botiqlar va dare vodiylari tizmalarning nurashi natijasida hosil boʻlgan chagʻir tosh, harsang tosh, shagʻallar, qad. muzliklar qoldirgan morenalar bilan toʻlgan. Shar-qiy P.da yillik yogʻin miqdori kam boʻlganligi sababli, erozion yemirilish kuchli emas. P.ning bu qismida doimiy muzloqlar ham hosil boʻlgan. Sharqiy P.da Muzqoʻl (6233 m), Shimoliy Alichur (5929 m), Janubiy Alichur (5706 m) va boshqa tizmalar deyarli kenglik boʻylab choʻzilgan, ularning nisbiy balandligi 1200–1800 m.

Geologik tuzilishi. P. togʻlari alp burmalanish mintaqasiga kiradi. Ularning shim. qismi (Orka Olay tizmasining shim. yon bagʻri) yuqori perm, mezozoy va kaynozoy davriga mansub kristalli slanets, konglomerat, qum-tosh, gil, ohaktosh va vulkanogen jinslardan tashkil topgan. Markaziy kis-mi tektonik jihatdan sinklinal struktura boʻlib, paleozoy, mezozoy (trias, yura va quyi boʻr) davri choʻkin-di, metamorfl"ashgan,choʻkindivulkanogen togʻ jinslari bilan toʻlgan. Janubiy Pomir antiklinal struktura boʻlib, juda qad. (arxey, proterozoy) togʻ jinslaridan (slanets, gneys, marmar va boshqalar) tashkil topgan. Bu antiklinal baykal burmalanishidan keyin shakllangan, alp burmalanish davri int-ruzivlari bilan oʻzgartirilgan. Intru-zivlar P.ning jan.-gʻarbiy qismida yer yuzasiga chiqib qolgan.

P. yangi tektonik qarakatlar natijasida gumbazsimon shaklda 6000– 7000 m ga koʻtarilgan. P. oldi botigʻining gʻarbiy qismi esa bu harakatlar natijasida choʻkkan. Neogen vatoʻrtlamchi davrlarda P.ning koʻtarilishi siklli xususiyatga ega boʻlib, unda, qad. muzliklar hosil boʻlishi, zilzilalarning tez-tez boʻlib turishiga olib kelgan.

Foydali qazilmalari. P.ning foydali qazilmalari, asosan, kaynozoyning magmatizm va metamorfizm ja-rayonlari bilan bogʻliq. Foydali kazilmalardan togʻ billuri, nodir metallar, simob, bor, flyuorit, island shpati, lazurit, sochma oltin, boksit, kumir, tuz, mineral va termal suvlar, qurilish materiallari topilgan.

Iqlimi. P. subtropik iqlim mintaqasida joylashgan boʻlishiga qaramasdan, iqlimi uning dengiz sathidan balandligi, relyefi, kirib kelayotgan havo massalarining bir xil taqsimlanmaganligi bilan bogʻliq. Uning iqlimi, ayniqsa, sharqiy qismida, qurgʻoqchil, quyosh radiatsiyasi kuchli, temperaturalar amplitudasi sutka va fasllar davomida katta. P.ning shim.-gʻarbiy qismida joylashgan tizmalar (Pyotr I, Fanlar Akademiyasi) gʻarbdan kelayotgan nam havo massalarini toʻsib qoladi. P.da balandlik iqlim mintaqalari tashkil topgan. Gʻarbiy P.ning baland qismlarida yillik temperatura 0° ga yaqin, hatto baʼzi bir qismlarida manfiy, daryo vodiylarida 15°. Dengiz sathidan 2100 m balandlikda yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 7,4°. Iyulniki Xorugʻ shahrida 22°, eng yuqori temperatura 40°. Dengiz sathidan 4200 m balandlikda joylashgan Fedchenko muzligida eng past temperatura —31,4°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 3,9°, eng yuqori temperatura 15,5°.

Sharqiy P.ning iqlimi Gʻarbiy P.nikidan ancha farq qiladi. Yilning oʻrtacha temperaturasi uning hamma qismida manfiydir. Qish uzoqdavom etadi, qor qoplami yupqa, kuchli shamollar boʻlib turadi. yanvarning oʻrtacha temperaturasi 3000 m balandlikda —17,8°, eng past temperatura —50° ga yaqin. Yozi qisqa, yoz kechalari temperatura koʻpincha 0° dan pastga tushadi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 15°dan oshmaydi. Sharqiy P. balandtogʻ choʻlining tipik namu-nasi hisoblanadi. P. hududiga gʻarbdan nam havo massalari kirib kelganligi sababli, uning gʻarbiy va shim.- gʻarbiy qismlarida yegʻin koʻp, sharqiy qismida esa kam. Fedchenko muzligi joylashgan hududda (4000– 5000 m) Fanlar Akademiyasi va unga yondosh tizmalarning gʻarbdan kelayotgan nam havo massalarini toʻsib qolishi oqibatida yillik yogʻin 2230–2500 mm dan oshmaydi, undan sharqroqsa joylashgan hududlarda yogʻin juda kam (63–73 mm), faqat baland mintaqalarda 1000 mm ga yetadi.

Daryo va koʻllari. Daryolari, asosan, Amudaryo, Sharqiy P.ning sharqiy qismidan boshlanuvchi baʼzi daryolar Yorkend va Qashqar daryolari havzalariga kiradi. Eng yirik daryosi — Panj. Panjning oʻng irmoqlari: Gʻunt, Shoxdara, Bartang, Yazgʻulom, Vanj va boshqa Shim.gʻarbiy P.dan Vaxsh havzasiga qarashli Obixingov va Muksuv daryolarining yuqori oqimi oʻtadi. Bir necha daryolar P.ning ichki havzasiga (Qora-jilgʻa, Muzkoʻl) va Tarim havzasiga (Markansuv) mansub.

P.da kelib chiqishi har xil (tektonik, toʻgʻon, muz) koʻllar mavjud. Bulardan yiriklari: Qorakoʻl, Sarkoʻl, Rangkoʻl, Shoʻrkoʻl, Zoʻrkoʻl, Yashilkoʻl, Sarez, Shadax va boshqa

Muzliklari. P. hozirgi zamon muzliklari keng tarqalgan hudud hisoblanadi. Ularning soni 7100 dan ziyod, may-doni esa 8400 km² boʻlib, P.ning 11% hududini egallagan. P.da bir necha yirik muzlik markazlari boʻlib, ular Fanlar Akademiyasi, Orqa Olay, Rushon, Shimoliy Alichur, Yazgʻulom, Pyotr I, Darvoz, Zulumart tizmalarida joylashgan. P.da qor chegarasi shim.-gʻarbda 4400 m dan, jan.-sharqda 5200–5250 m dan oʻtadi. Gʻar-biy P.da vodiy muzliklari keng tarqalgan. Yirik vodiy muzliklari: Fedchenko (uz. 77,4 km, maydoni 907 km², Fanlar Akademiyasi tizmasida), Shim.gʻarbiy P.da — Grumm-Grjimaylo (37 km, 143 km²), Yazgʻulom tizmasida — Fortambek (19 km, 74,5 km²), Orqa Olay tizmasida — Geografiya jamiyati (24 km, 64,4 km²), Nura (13,9 km, 84,5 km²). Fanlar Akademiyasi tizmasi va blarda muzliklarning qalinligi 1000 m ga yetadi (Fedchenko muzligi). P.da vaqtvaqgi bilan juda tez harakat kdluvchi (bir sutkada 100 m gacha) muzliklar (maye. Ayiq muzligi) Vanj daryosining yuqori oqimida mavjud. Sharqiy P.da muzlik kam, ularning uzunligi, maydoni katta emas. P.da muzliklarning bir necha turi (vodiy, daraxtsimon, turkiston, osilgan, yon bagʻir, tekis suvayirgich, karr, sirk) tarkib topgan. Toʻrtlamchi davrda P. bir necha marta muzlik bilan krplangan.

Tuproq-oʻsimlik qoplami. P.da balandlik tuproq-oʻsimlik mintaqalari shakllangan. Balandlik mintaqalari Gʻarbiy va Sharqiy P.da turlicha. Gʻarbiy P.da daraxt oʻsimliklari kam. Toshloq yon bagirlarda va morena tepaliklarida siyrak archa butazorlari uchraydi. Daryo qayirlarida terak, oq qayin, tol, naʼma-tak singari daraxt va butalar usadi. Daryo vodiylari choʻl, asosan, shuvoq oʻsimliklari bilan qoplangan. Yon bagʻirlarda siy-rak chala-choʻl togʻli kserofit va togʻ dasht oʻsimliklari tarqalgan. Gʻarbiy P.ning shim. qismidagi balandtogʻ mintaqasi togʻ oʻtlokdari va oʻtloq-dasht oʻsimliklari bilan band. Bu yerlarda asosan, toʻngʻizsirt hukmronlik qiladi, jan.roqda esa kriofil (sovuqqa chidamli) past boʻyli va chala butalar, baʼzi joylarda alp past boʻyli oʻsimliklar oʻsadi.

P.ning shim.-gʻarbida 1100 m dan 2400–2800 m gacha boʻlgan balandliklar oraligʻida, togʻ-oʻrmon jigarrang tuproqlarda zarang va yongʻoqzorlar uchraydi. Janubiy yon bagʻirlarida archazor, bodom-zorlar, olma, shuningdek, butalar, me-zofil boshokdoshlar va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Subalp mintaqasida (2800 m dan 3000–3200 m gacha) togʻ-oʻtloq, kulrang, jigarrang va qoramtir tuproqlarda bo-shokli oʻtlokdar tarqalgan. Sharqiy P. iqlimining kontinentallashganligi sababli, tuproq va oʻsimlik qoplami shunga moye ravishda oʻzgaradi. Bu joylarda balandtogʻ choʻli va balandtogʻ toshloq landshaftlari hukmron, daraxt oʻsimliklari yoʻq. 3500–4200 m balandliklarda teresken, namgarchilik koʻproqjoylarda shuvoqli choʻllar va siyrak oʻtli baland-togʻ-dasht landshaftlarida betaga, chalov va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Toshloq joylarda yostiqsimon kserofitlar tarqalgan. Yuqoriroqda kriofil past boʻyli yostiqsimon oʻsimliklardan ostrolobki, akan-tolimona va boshqalarlar oʻsadi. Sharqiy P.da balandchoʻl sargʻish tuproklar tarqalgan. Bu tuproklar orasida kam chirindili (0,6%) choʻl-taqir tuproklar uchraydi. Bulardan tashqari, shoʻrxoklar hamda ske-letli tuproklar ham bor. Namgarchilik moʻlroq joylarda boshokli oʻsimliklar va shuvoklar ostida chirindiga boyroq (1—2%) balandtogʻ choʻl-dasht qoʻngʻir tuproklar tarqalgan. Gʻarbiy P.dagi sugʻoriladigan yerlarda tok, oʻrik, olma, nok, yongʻoq, tut oʻstiriladi.

Hayvonot dunyosi. P., ayniqsa, Sharqiy P. nisbatan hayvonot olamiga boy emas. Gʻarbiy P.da qobon, oʻrmon sonya-si, oʻrmon sichqoni, suvsar, silovsin, choʻl sichqonlari, jayra, togʻ echkisi, Oʻrta Osiyo togʻ tulkisi, ayiq, tibet boʻrisi, chiyaboʻri va boshqa hayvonlar, Shar-qiy P.da esa arhar, uzun dumli sugʻur, qizil pishchuxa, pomir quyoni va boshqalarlar yashaydi. Qushlardan tibet ulari, Tibet suvbuldurugʻi, tibet qargʻasi, qor grifi, togʻ yoki hind gʻozi, daralarda kakliklar va kaptarlar uchraydi. Sud-ralib yuruvchilardan koʻlbor ilon va kaltakesaklar yashaydi.

P. qazilma boyliklardan tashqari, gidroenergiya va yaylov resurslariga boy. Gʻarbiy P.da dengiz sathidan 3500 m balandliklargacha arpa ekiladi. P.da alpinizm rivojlangan.

P. xoʻjaligi haqida Togʻli Badaxshon muxtor viloyati maqolasiga q.