Tanlangan maqolaYulduz gravitatsiya bilan bogʻlangan yorqin plazma sharidir. Hayotining oxirida yulduz shuningdek, degenerat moddani ham oʻzi ichiga olishi mumkin. Yerga eng yaqin yulduz Quyoshdir, u Yerdagi energiyaning asosiy manbai hamdir. Boshqa yulduzlar, atmosfera hodisalari toʻsiq boʻlmasa, Yer sirtidan qoʻzgʻalmas yorugʻ nuqtalar boʻlib koʻrinadi. Tarixan osmon sferasidagi yorqin yulduzlar turkum va asterizmlarga toʻplantirilgan, eng yorqinlariga nomlar ham berilgan. Astronomlar yulduzlar haqidagi maʼlumotlarni zijlarga yigʻishgan. Hayotining kamida biror qismida yulduz yadrosidagi vodorod termoyadroviy reaksiyasi energiyasi nurlanishi hisobiga charaqlaydi. Geliydan ogʻir deyarli barcha tabiiy kimyoviy unsurlar yulduzlar nurlanishi yoki portlashidagi nukleosintez tufayli yuzaga kelgan. Astronomlar yulduz massasi, yoshi, kimyoviy tarkibi va boshqa xossalarini uning spektri, yorqinligi va fazodagi harakatini kuzatib aniqlay olishadi. Yulduz massasi uning evolutsiyasi va taqdirini belgilovchi bosh mezondir. Yulduzning boshqa xarakteristikalari uning oʻtmishi, diametri, aylanishi, harakati va harorati orqali aniqlanadi. Yulduz haroratining uning yorqinligiga nisbati jadvali, yoki Hertzsprung–Russell diagrammasi (H-R diagramma), yulduz yoshi va evolutsiyaviy holatini bilishga yordam beradi. (Davomi...) Yaxshi maqolasonining - darajali arifmetik ildizi — - darajasi ga teng boʻlgan har qanday son ga aytiladi, yaʼni . Bu yerda n ildizning darajasidir. 2-darajali arifmetik ildiz kvadrat ildiz deb ataladi va bu ildizning darajasini koʻrsatmasdan yozish mumkin: . 3-darajali arifmetik ildiz kub ildiz yoki uchinchi darajali ildiz deb nomlanadi. Boshqa darajalar nomlari uchun tegishli son ishlatiladi. Masalan, toʻrtinchi darajali ildiz, beshinchi darajali ildiz va hokazo. Haqiqiy sonlar toʻplamida ildizda ikkitagacha javobi boʻlishi mumkin. Manfiy sonning juft darajali ildizini olish kerak boʻlgan hollarda birorta ham javob mavjud boʻlmaydi. Kompleks sonlar toʻplamida - darajali ildizda ta javob boʻladi. 0 ning ildizlari alohida sonlardan iborat emas, yaʼni barchasi 0 ga teng. Har qanday haqiqiy yoki kompleks sonning n- darajali barcha n ildizlari esa individual sonlardan iborat. Agar n juft boʻlsa va ildiz belgisi haqiqiy va musbat boʻlsa, uning n- darajali ildizlaridan biri musbat, biri manfiy va qolganlari kompleks ammo haqiqiy emas boʻladi. Agar n juft boʻlsa va ildiz belgisi haqiqiy va manfiy boʻlsa, n- darajali ildizlarning birortasi ham haqiqiy boʻlmaydi. Agar n toq boʻlsa va ildiz belgisi haqiqiy boʻlsa, bitta n- darajali ildiz haqiqiy boʻladi va uning belgisi ildizning belgisi bilan bir xil boʻladi, qolgan ildizlar boʻlsa haqiqiy boʻlmaydi. (Davomi...) Tanlangan tasvirManba: NASA / USGS
Yordam kerakmi?Agar sizda har qanday savol tugʻilsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha munozara sahifasida bering. Loyihada qatnashing!Fan loyihasi doirasida Vikipediyada fan bilan bogʻliq mavzularda maqolalar yozishni taklif etamiz. TurkumlarOstturkumlarni koʻrish uchun [►] ustiga bosing.
Qardosh loyihalar
Aloqador portallar
|