Professor

Professor (lot. professor — dars beruvchi, oʻqituvchi) — oliy oʻquv yurti oʻqituvchisi yoki ilmiy tadqiqot muassasasi xodimining ilmiy unvoni, lavozimi. Professor atamasi dastlab Rim imperiyasi (miloddan avvalgi 1-asr oʻrtalari — milodiy 5-asr boshlari)da grammatika va voizlik maktabi oʻqituvchilariga nisbatan qoʻllangan. Oʻrta asrlarda diniy maktab muallimlari, 13-asrdan boshlab, universitetlar paydo boʻlgach, universitet oʻqituvchilari professor deb atalgan. Oʻrta ayerlarda Professor atamasi olimlik belgisi sifatida magistr yoki fan doktori ilmiy darajalari maʼnosini bergan. Un-tlarda kafedralar tashkil etilishi va maxsus professorlik lavozimlari joriy etilishi bilan Professor oliy ilmiy daraja tushunchasidan tashqari, universitetlarning yetakchi oʻqituvchisi ilmiy unvonini anglatadigan boʻldi. Oʻzbekistonda 20-asr boshlaridan dastlabki professorlik unvoni berila boshladi. Fitrat birinchi o'zbek Professori hisoblanadi.

Oʻzbekistonda professorlik unvoni oliy oʻquv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot muassasalari ilmiy kengashining tavsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan beriladi. Mamlakatimizda professorlik unvonini berishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasi huzuridagi OAK rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan "Ilmiy unvonlar berish toʻgʻri-sida nizom"ga amal qilinadi. Ushbu nizomga koʻra, professor unvoni quyidagilarga beriladi: a) tanlov yoʻli bilan kafedra mudiri, professor lavozimiga saylangan yoki shartnoma asosida shu lavozimlarda ishlayotgan yoxud oliy oʻquv yurtining rektori (oʻquv yoki ilmiy ishlar boʻyicha prorektori), malaka oshirish instituti yoki unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining direktori (direktori oʻrin-bosari) lavozimida 1 oʻquv yili muvaffaqiyatli ishlagan, kamida 5 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan fan doktorlariga; b) oliy oʻquv yurtining ilmiy tadqiqot boʻlimi (boʻlinmasi, sektori, lab.) mudiri (boshligʻi), bosh ilmiy xodimi, yetakchi ilmiy xodimi lavozimiga tanlov yoʻli bilan utgan yoki attestatsiya tartibida tayinlangan hamda 5 yillik ilmiy stajga ega boʻlgan va mazkur lavozimlarda kamida 1 yil yaxshi natija koʻrsatib ishlagan fan doktorlariga; v) xalq xoʻjaligining yirik mutaxassisi boʻlgan va pedagogik ishga jalb qilinib, tanlovdan oʻtgan yoki shartnoma asosida ishlayotgan oliy oʻquv yurtining kafedra mudiri, professor i yoki rektori (oʻquv yoki ilmiy ishlar boʻyicha prorektori), malaka oshirish instituti yoki unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining direktori (direktori oʻrinbosari) lavozimlarida 1 yildan beri sama-rali ishlayotgan fan doktorlariga; g) oliy oʻquv yurti yoki unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining kafedra mudiri yoki professor iTtavozimiga tanlov boʻyicha saylanib, kamida 5 yil pedagoglik ish stajiga ega boʻlgan va shu lavozimlarda 2 yil muvaf-faqiyatli ishlagan Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻi-ston Respublikasi xalq artistlari, hofizlari, rassomlari, meʼmorlari, oʻqituvchilari, yozuvchilari, shoirlari, xizmat koʻrsatgan fan va sanʼat arboblari, xizmat koʻrsatgan artistlar, rassomlar, meʼmorlar, trenerlar, madaniyat xodimlariga berilishi mumkin; d) tanlov yoʻli bilan kafedra professor i lavozimiga saylangan va bu lavozimda 2 yil muvaffaqiyatli ishlagan madaniyat, meʼmorlik, sanʼatshunoslik institutlari ix-tisoslashgan kafedralarining oliy maʼlumotli, dotsent ilmiy unvoni va kamida 10 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislariga berilishi mumkin; ye) dotsent ilmiy unvoni boʻlgan va madaniyat, meʼmorlik, sanʼat, jismoniy tarbiya, sport hamda muhandislik grafikasi (chizma geom.) sohasida ixtisoslashgan kafedra mudiri yoki professori lavozimida ishlab turgan, oliy o'quv yurtlarida kamida 10 yillik pedagogik ish stajiga ega, shu lavozimda kamida 1 yil samarali ishlagan fan nomzodiga berilishi mumkin; yo) respublika ilmiy tadqiqot muassasalarida boʻlim (boʻlinma, sektor, lab.) mudiri (boshligʻi), bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim lavozimiga tanlov yoʻli bilan saylangan yoki attestatsiya tartibida tayinlangan yoxud direktor, direktor oʻrinbosari, ilmiy kotib, ilmiy rahbar, maslahatchi lavozimini egallab turgan, kamida 5 yillik ilmiy staji boʻlgan va shu lavozimda kamida 1 yil yaxshi ishlagan fan doktorlariga beriladi. Ular pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan ilmiy va oʻquv-metodik ishlarga ega bulishlari, oliy oʻquv yurti yoki malaka oshirish institutlarida yuksak metodik va ilmiy saviyada maʼruzalar kursini oʻqiy olishlari, ilmiy daraja olgan malakali mutaxas-sis tayyorlagan bulishlari, madaniyat, meʼmorlik, sanʼatshunoslik institutining mutaxassislari xalkaro va respublika tanlovlari sovrindorlarini tayyorlagan bulishlari kerak.

Professorlik unvoniga daʼvogar shaxsning hujjatlari unga fan doktori ilmiy darajasi berilgan sanadan 1 yil utgandan key-ingina oliy o'quv yurtlari hamda ilmiy tadqiqot muassasalari ilmiy kengashlari tomonidan muhokamaga qabul qilinishi va OAKga yuborilishi mumkin. Professorlik unvoniga daʼvogarning hujjatlarini OAK tomonidan koʻrib chiqish muddati 6 oydan oshmasligi kerak. Professorlik unvoni OAK tomonidan umrbod beriladi. Professorlik lavozimi uchun oliy oʻquv yurti yoki ilmiy muassasada har 5 yilda 1-marta tanlovdan oʻtish lozim.

Boshka mamlakatlarning professor unvoniga ega boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari oʻz arizalari va faoliyat yuritayotgan tashkilotlarining tavsiyasiga muvofiq belgilangan tartibda qayta attestatsiya (no-strifikatsiya)dan oʻtkazilgach, tegishli hujjat beriladi. Shuningdek, Oʻzbekistonda faoliyat yuritmoqchi boʻlgan chet el fuqarolarining professorlik ilmiy unvoni ham manfaatdor tashkilotning tavsiyasiga muvofiq belgilangan tartibda qay-ta attestatsiya (nostrifikatsiya)dan oʻtka-zilgach, haqiqiy hisoblanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil