Qabziyat | |
---|---|
KXK-10 | K59.0 |
KXK-9 | 564.0 |
Qabziyat (arabcha: — tutilish, qisilish, qotish), ich qotishi — uzoq vaqt (2 sutkagacha) ich kelmasligi yoki qiyinlik bilan kelishi; notoʻgʻri ovqatlanish, nervregulyatsiya faoliyatining buzilishi, ichak kasalliklari va boshqalarda kuzatiladi. Qabziyat kasallik belgisi, baʼzan esa mustaqil kasallik hisoblanadi. Yashash sharoiti oʻzgartirilganda, safarga chiqqanda ham baʼzan qabziyat roʻy berishi mumkin[1].
Ichakning turli qismlari oʻsma, bavosil tuguni bilan torayib qolganda, toʻgʻri ichakda axlat yigʻilganda ("axlat toshi") ham ich qotadi (mexanik Qabziyat). qabziyatning atonik va spastik (funksional) xili ham bor. Organizmning umumiy tonusi susayganda, yuqumli kasallik bilan ogʻrib, uzoq vaqt yotib qolganda, odamning qoni kamayib, ozib ketganda, deyarli qoldiq chiqarmay, yaxshi hazm boʻladigan yengil ovqat (qand, sutli ovqat, tuxum, goʻsht) isteʼmol qilinganda atonik qabziyat paydo boʻladi. Aqliy mehnat bilan shugʻullanib, kam harakat qilganda, ovqatlanish rejimi buzilganda atonik qabziyat koʻpincha odat tusiga kirib qoladi. Ichni boʻshatish ehtiyoji tugʻilganda boʻshanmasdan, istak qaytara berilganda ham qabziyat kuzatiladi. Hadeb klizma qilish va surgi dorilar ichaverish atonik qabziyatga sabab boʻladi.
Ichakning aylana muskullari uzoq tortishib qolganda (spazm) spastik roʻy beradi. Vegetativ nerv sistemasining oʻta taʼsirlanishi (ruhiy kechinmalar va boshqalar) spazmga sabab boʻladi. Qoʻrgʻoshin, anilin boʻyogʻi, nikotin (chekish)dan surunkali zaharlanish natijasida paydo boʻladigan ham spastik ga kiradi.
qabziyatda qorin ogʻir tuyuladi, tirsillab turadi, mijgʻib ogʻriydi, ishtaha boʻgʻiladi, ogʻiz bemaza boʻladi, bosh ogʻriydi, koʻngil gʻash boʻlib, ish qobiliyati pasayadi.
Davosi : qabziyat sababiga qarab olib boriladi. Atonik qabziyatda koʻp harakat qilish, sut va oʻsimlik mahsulotlaridan tayyorlangan ovqat, sabzavot, hoʻl meva, sut, qatiq tavsiya etiladi. Odat tusiga kirib qolgan qabziyatda ichakni boʻshatish shartli refleksi vujudga keltiriladi; har kuni ertalab maʼlum vaqgda ichakni boʻshatishga harakat qilinadi. Nahorga bir stakan sovuq suv yoki meva sharbati, qatiq ichish shartli refleks vujudga keltirishga yordam beradi. Kasallikning oldini olish uchun har kuni erta bilan badan tarbiya qilish (qorin muskullari mashqi), umuman organizmni chiniqtirish, kun tartibini toʻgʻri tashkil qilish, vitaminlarga boy ovqatlar yeyish kerak.
Yashash sharoiti oʻzgartirilganda, safar-ga chiqqanda ham baʼzan qabziyat roʻy berishi mumkin.Ichakning turli qismlari oʻsma, bavosil tuguni bilan torayib qolganda, toʻgʻri ichakda axlat yigʻilganda („axlat toshi“) ham ich qotadi (mexanik qabziyat). Qabziyatning atonik va spastik (funksional) xili ham bor. Organizmning umumiy tonusi susayganda, yuqumli kasallik bilan ogʻrib, uzoq vaqt yotib qolganda, odamning qoni kamayib, ozib ketganda, deyarli qoldiq chiqarmay, yaxshi hazm boʻladigan engil ovqat (qand, sutli ovqat, tuxum, goʻsht) isteʼmol qilinganda atonik qabziyat paydo boʻladi. Aqliy mehnat bilan shugʻullanib, kam harakat qilganda, ovqatlanish rejimi buzilganda atonik qabziyat koʻpincha odat tusiga kirib qoladi. Ichni boʻshatish ehtiyoji tugʻilganda boʻshanmasdan, istak qaytara berilganda ham qabziyat kuzatiladi. Hadeb klizma qilish va surgi dorilar ichaverish atonik qabziyatga sabab boʻladi. Ichakning aylana muskullari uzoq tortishib qolganda (spazm) spastik qabziyat roʻy beradi. Vegetativ nerv sistemasining oʻta taʼsirlanishi (ruhiy kechinmalar va boshqalar) spazmga sabab boʻladi. Qoʻrgʻoshin, anilin boʻyogʻi, nikotin (chekish)dan surunkali zaharlanish natijasida paydo boʻladigan qabziyat ham spastik qabziyatga kiradi. Qabziyatda qorin ogʻir tuyuladi, tirsillab turadi, mijgʻib ogʻriydi, ishtaha boʻgʻiladi, ogʻiz bemaza boʻladi, bosh ogʻriydi, koʻngil gʻash boʻlib, ish qobiliyati pasayadi[1].