Qanot (biologiyada) — hayvonlarning uchish organi. Qanot koʻpchilik hasharotlar, qushlar va ayrim sut emizuvchilar uchun xos. Baʼzi qazilma sudralib yuruvchilar (mas, uchar kaltakesaklar)da ham Qanot boʻlgan. Qanot har xil yoʻl bilan kelib chiqqan. Hasharotlar Qanoti oʻrta va orqa koʻkrak qoplogʻichi burmalaridan hosil boʻlgan plastinkasimon oʻsimtalardan iborat. Naysimon tomirlar Q uchun tayakch boʻladi. Tomirlar orqali gemolimfa oqadi; traxeya va nervlar oʻtadi. Odatda, hasharotlar qanoti 2 jufg; 2 qanotlilar orqa Qanoti qisqarib, vizildoqqa aylanadi; yelpigʻichqanotlilar oldingi juft Qi yoʻqolib ketgan; qattiqqanotlilar oldingi Qanoti qattiqlashib, ustqanotni hosil qilgan. Qanotning koʻndalang va boʻylama tomirlari koʻp boʻlsa — toʻrsimon (toʻrqanotlilar, ninachilar), kam boʻlsa — (ayniqsa, koʻndalang tomirlar) pardasimon (pardaqanotlilar) Q deyiladi. Qanotni juda kuchli muskullar harakatga keltiradi. Ayrim hasharotlar 1 sek.da 1000-martagacha Q qoqadi. Umurtqali hayvonlar Qanoti shaklan oʻzgargan oldingi oyoqlardan iborat. Qushlar Qi asosini yelka, bilak, tirsak va kuchli oʻzgargan 3 ta barmoqli panja suyaklari tashkil etadi. Qanotning koʻtarish yuzasini bir-biri ustiga cherepitsa singari taxlanadigan patlar hosil qiladi. Qanotning shakli qushlarning uchish xususiyatiga bogʻliq. Gumbazsimon koʻrinishga ega boʻlgan, uchganda shakli va yuzasi oʻzgarib turadigan qanotlar aerodinamik jihatdan qulay. Qushlar uchganida Qning asosiy va panja qismlari hal xil tezlikda va tekislikda harakatlanadi; qoqish patlari ham oʻz holatini oʻzgartiradi. Boshqa umurtqalilar Qanoti teri pardadan hosil boʻlgan. Uchar kaltakesaklarning juda uzaygan 4barmoklari Q uchun tayanch vazifasini bajargan. Qoʻlqanotlilar Qanoti uzaygan 2—5 barmoqlari bilan tanasi va orqa oyoqlari orasiga tortilgan teri pardadan iborat. Barcha uchadigan umurtqalilar Qanotining harakatlanishi kuchli rivojlangan koʻkrak muskullari bilan bogʻliq.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |