Qor

Qor

Qor — havo temperaturasi 0° dan past boʻlganda bulutlardan muz kristallchalari tarzida yogʻadigan yogʻin. Muz kristallchalari shakli negizini olti burchakli plastinka yoki olti qirrali ustuncha tashkil etadi. Kristallchalarning diametri mm ning bir necha ulushidan bir necha mm gacha yetadi. Havo temperaturasi 0" atrofida boʻlganda Qor uchqunlari bir-biri bilan yopishib, diametri 1 sm keladigan yirik Qor pagʻalarini hosil qiladi. Ayrim Qor donalarining oʻrtacha massasi 0,003 g gacha, yirik Qor pagʻalariniki 0,5 g gacha boʻladi. Oʻrta va yuqori kengliklarda (shu jumladan, Oʻzbekistonda) Qor, asosan, qishda yogʻadi.