Radiotexnika

Radiotexnika (radio... va texnika) —

1) elektromagnit tebranishlar va radiodiapazondagi (3—31012 Gs) toʻlqinlar, ularni generatsiyalash, kuchaytirish, nurlatish, qabul qilish hamda toʻlqinlardan foydalanish haqidagi fan;

2) texnikaning axborotlarni uzatishda — radioaloka, radioeshittirish, televideniye, radiolokatsiya va radionavigatsiyada; mashina, mexanizm hamda texnologik jarayonlarni boshqarish va nazorat qilishda radiodiapazondagi toʻlqinlar bilan elektromagnit tebranishlarni qoʻllaydigan tarmogʻi. U radiofizika, elektrotexnika, dielektriklar fizikasi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi, elektroakustika, antenna texnikasi, elektronika va boshqalarning yutuqdariga asoslanadi. Radiotexnika tarixi M. Faradey, J. Maksvellarning ishlaridan boshlangan. Radiodiapazondagi elektromagnit toʻlqinlarni birinchi marta G. Gers hosil qilgan va oʻrgangan (1886—89). Gers tajribasida rezonans hodisasi katta rol oʻynagan. E. Branli (Fransiya) metall kukuniga elektr tebranishlari taʼsir qilganda ularning qarshiligi kamayishi hodisasini aniqladi (1890). O. Lodj (Buyuk Britaniya) bu hodisadan elektromagnit toʻlqinlarni aniqlashda foydalandi (1894).

A. S. Popov elektromagnit toʻlqinlar yordamida simsiz aloqa oʻrnatishga harakat qildi va signallarni qayd qilish apparatniy yasadi. U 1895-yil 7 mayda dunyoda birinchi radiopriyomnigini yaratdi.

Dastlab, uzatuvchi va qabul qiluvchi radiostansiyalar qisqa toʻlqinda — tez soʻnuvchi radiotoʻlqinlard a ishlagan. Uzun toʻlqinlarga oʻtish va uzatkichlar quvvatini, antenna oʻlchamlarini oshirish, detektorning qoʻllanishi bilan radioaloqa uzokdigi sekinasta oshirilgan. Nemis fizigi K. F. Braun tomonidan berk konturning, M. Vin (Germaniya) tomonidan maxsus razryad hosil qilgichning kashf etilishi, shuningdek radio qurilmalarda yuqori chastotali yoy generatorlari va generator mashinalari bilan uygʻotiladigan soʻnmas toʻlqinlarning qoʻllanishi Radiotexnikaning keyingi rivojida katta qadam boʻldi. 1925-yil rus ixtirochisi V. P. Vologdinning yuqori chastotali induktor mashinasi yordamida birinchi marta Moskva bilan Nyu-York orasida radioaloqa oʻrnatilgan. Elektron lampalarning yaratilishi Radiotexnikaning barcha sohalarida katta burilish yasadi, shu asosda soʻnmas tebranishli lampali generator yaratildi. Radiolampalarning qoʻllanishi radiotoʻlqinlarni bir necha yuz m dan bir necha km gacha diapazonda samarali generatsiyalashga imkon berdi.

20-asr 20-yillari boshlariga kelib radiotelegraf aloka bilan birga radioeshittirish vujudga keldi. Qisqa va ultraqisqa toʻlqin diapazonlarida ishlaydigan radiolampalar, sxemalar, antennalar yaratildi. 20-asr oʻrtalarida elektron televideniyening yaratilishi Radiotexnika sohasida burilish yasadi.

Radiolokatsiya, radionavigatsiya Radiotexnikaning alohida boʻlimlari hisoblanadi. Ularning usullari uzokdagi narsalarning oʻrni, tezligi va boshqalarni aniqlashga imkon beradi.

Yarimoʻtkazgichli diodlar yaratilishi tranzistorlarning, elektronnur asboblari esa rangli televideniyening yaratilishiga olib keldi. Radiotexnika jamiyat taraqqiyotining barcha sohalariga kirib bordi. Yer sunʼiy yoʻldoshlari, kosmik apparatlar bilan radioaloqa qilishda, insonning kosmosga uchishini taʼminlashda, avtomatik boshqarish tizimida, xalq xoʻjaligida (metallarni vakuum va inert gazlar atmosferasida juda toza eritish uchun, poʻlatdan yasalgan detallarni toblash uchun, tibbiyot va boshqalar), radiometeorologiya^, radioastronomiyaaa, elektroakustikala, tovushni yozib olish va boshqalarda Radiotexnikaning ahamiyati katta.

Oʻzbekistonda Radiotexnikaga doir ilmiy tadqiqot ishlari, asosan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida olib boriladi. Respublikada Radiotexnikaning rivojlanishi va shu soha boʻyicha mutaxassislar tayyorlash akademik T. D. Rajabov, t.f.n. O. A. Abduazizovlar nomi bilan bogʻliq.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil