Romb

Romb (qadimgi yunoncha: ῥόμβος, lotincha: rombus „doira“) — barcha tomonlari teng boʻlgan to'rtburchak. Burchaklari toʻgʻri burchaklardan iborat boʻlgan romb kvadrat deb ataladi.

Romb (yunoncha: rombos — pirildoq, aylanuvchi) — tomonlari oʻzaro teng boʻlgan yassi toʻrtburchak (rasmga q.). Rombning xossalari: 1) diagonallari oʻzaro perpendikulyar; 2) Rombning diagonallari uning burchaklarini teng ikkiga boʻladi. Rombning diagonallari kesishgan nuqta uning simmetriya markazidir. Rombga ichki aylana chizish mumkin. Rombning yuzi uning diagonallari koʻpaytmasining yarmiga teng. Burchaklaridan biri a boʻlgan Rombning yuzi 5=a2sina. Hamma burchaklari 90° boʻlgan Romb kvadratidir[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil