Satin

Satin (frans. satin) — paxta ipi yoki kimyoviy toladan toʻqiladigan gazlama. Xuddi atlasta oʻxshab toʻqiladi, lekin atlasning oʻngiga tanda iplari koʻproq chiqib turadi, yaʼni S.ning oʻngida arkok iplari koʻproq boʻladi. Har metr S.ning ogʻirligi —90—150 g. S. ayol va erkaklar koʻylagi, astarlik va boshqa uchun ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil