Saxa Respublikasi (saxa.: Саха Өрөспүүбүлүкэтэ, Саха Сирэ) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Sharqiy Sibirning shimolida, hududining 1/3 qismidan koʻprogʻi Shimoliy qutb doirasida joylashgan. Novaya Sibir orollarini oʻz ichiga oladi. Maydoni 3103,2 ming km². Aholisi 948,1 ming kishi (2002). Poytaxti — Yakutsk shahri. 33 tuman, 13 shahar va 62 shaharcha bor.[1]