Sergey Tolstov

Sergey Pavlovich Tolstov
Tavalludi 7-fevral 1907-yil
Sankt-Peterburg
Vafoti 28-dekabr 1976-yil(1976-12-28)
(69 yoshda)
Moskva
Istiqomat joylari SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Arxeolog, etnograf
Sohasi Tarix, arxeologiya, etnografiya
Ish joylari SSSR Fanlar akademiyasi Etnografiya instituti
SSSR FA Sharqshunoslik instituti
Moskva davlat universiteti.
Taʼlimi Moskva davlat universiteti (1930)
Ilmiy darajasi Tarix fanlari doktori (1942)
Ilmiy unvoni professor, SSSR Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi
Mashhur shogirdlari B.I.Vaynberg
R. Sh. Jarilgasinova
Yuriy Knorozov
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni

Sergey Pavlovich Tolstov (1907.25.1, Peterburg 1976.28.12, Moskva) – arxeolog va etnograf. Oʻrta Osiyo va Sharq mamlakatlari tarixi, etnografiya va arxeologiyasi boʻyicha mutaxassis, professor SSSR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1953), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining faxriy akademik (1956).

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi. Tojikiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarida xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Moskva universitetini tugatgan (1930), SSSR xalklari muzeyida ilmiy xodim (1929—36). Moskva universiteti tarix fakultetining etn. kafedrasi mudiri (1939—51). SSSR Fanlar akademiyasi Etnografiya instituti direktori (1942—66), koʻp jildli „Jahon xalqlari“ („Narodi mira“) kitobi mualliflaridan biri va muharriri. Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasittg tashkilotchisi va rahbari (1937—69). Oʻrta Osiyo xalqlari arxeologiyasi, ibtidoiy, qad. va oʻrta asr din tarixi, ijtimoiy tuzumi, etnogenezi boʻyicha ZOOdan koʻproq ilmiy ish muallifi. T. antropologiya va etn. fanlari Xalqaro ittifoqining vitseprezidenti, Buyuk Britaniya Qirolligi antropologiya instituti va boshqa koʻpgina chet el ilmiy tashkilotlari faxriy aʼzosi.