Shahar-davlat yoki shahar-mamlakat — shahar va uning atrofida joylashgan tumanlardan iborat boʻlgan mustaqil davlat. Bugungi kunda Singapur, Vatikan va Monako kabi shahar-davlatlari bunga yaqqol misol boʻla oladi. Bundan tashqari, shahar-davlat deyilmasa ham kichik maydoni va zich urbanizatsiyasi tufayli Qatar[1][2], Bruney[3], Quvayt[3][4]Bahrayn[3] va Malta[5][6][7] kabi shaharlar ham baʼzan shahar-davlat sifatida qabul qilinadi. Aholi zichligi yuqori boʻlgan, ammo yagona shahar markaziga ega boʻlmagan San-Marino ham baʼzan ushbu atama bilan nomlanishi mumkin[8][3]. Mustaqil boʻlmasa-da, Xitoyda joylashgan Gonkong, Makao va Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli Dubay hamda Abu-Dabi ham shahar-davlatlar deb ataladi. Chunki bu shaharlar iqtisodiy jihatdan ancha mustaqildir[3][9][10].
↑Parker, Geoffrey. 2005. Sovereign City: The City-state Through History Chicago: University of Chicago Press. p. 219
↑Roberts, David. 2014. Qatar: Securing the Global Ambitions of a City-state. London: C Hurst & Co Publishers Ltd.
↑ 3,03,13,23,33,4Mogens, Hansen. 2000. „Introduction: The Concepts of City-States and City-State Culture.“ In A Comparative Study of Thirty City-State Cultures, Copenhagen: Copenhagen Polis Centre. Pg. 19
↑El-Katiri, Laura, Bassam Fattouh and Paul Segal. 2011 Anatomy of an oil-based welfare state: rent distribution in Kuwait. Kuwait City: Kuwait Programme on Development, Governance and Globalisation in the Gulf States