Shamol

Pieter Kluyver (1816-1900)
Shamolqop shamol yoʻnalishini koʻrsatadi.

Shamol — atmosferada havoning yer sirtiga nisbatan gorizontal harakati. Harakatning gorizontal tashkil etuvchisi shamol sifatida tasavvur qilinadi. Baʼzan, gorizontal shahriga nisbatan ancha kuchsiz vertikal shamol kam boʻladi. Kuchli vertikal shamol ayrim hollardagina, masalan, konveksiya kuchli taraqqiy etgan bulutlarda yoki togʻlarda — havo togʻ yon bagri boʻylab pastga harakat qilgandagina vujudga keladi. Shamol bosim gorizontal yoʻnalishda notekis tarqalgan paytda atmosferalagi traning har xil boʻlishi oqibatida paydo boʻladi. Shamol tezligi va yoʻnalishi bilan ifodalanadi. Yer yuzasidagi shamol tezligi maxsus asboblar (masalan, anemometr), erkin atmosferada esa ucharshar (radiozond) yordamida aniklanadi. Shamol tezligi m/sek, m/soat, yoʻnalishi esa flyuger, vimpel, shamol konusi va boshqa yordamida aniqlanadi. Shaharining qaysi tomondan esgani azimut bilan koʻrsatiladi. Shamol yoʻnalishi gradus yoki rumbalar bilan ifodalanadi. 5-8 m/sek tezlikdagi shamol oʻrtacha, 14 m/sek tezlikdagi shamol esa kuchli hisoblanadi; 20-25 m/sek tezlikdagi shamol dovul (storm), 30 m/sek tezlikdagi shamol boʻron (uragan), uning birdaniga 20 m/sek gacha keskin kuchayishi qasirgʻa (shkal) deyiladi. Tropik siklonlarda ayrim qattiq shamollarning tezligi 100 m/sek gacha yetishi mumkin. Troposferadai yuqori koʻtarilgan sari shamol tezligi kuchayadi, 8-10 km balandlikda 60-70 m/sek dan xam ortib ketadi. Havo oqimi turbulentligi tufayli har doim shamol tezligi va yoʻnalishi oʻzgarib turadi. Yer yuzasida baʼzan butunlay shamol boʻlmay sukunat (shtil) yuz beradi. Shamol tezligi va yoʻnalishi kecha va kunduzga ham boklik. Kechasi shamol tezligi yer sirtida eng kichik boʻlishi, kunduzi peshindan keyingi paytlarda esa eng yuqori qiymatga erishishi mumkin. shahrining yil mobaynidagi tabiati atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasiga va maqalliy sharoitiga bogʻliq boʻladi. Mahalliy shamol oʻsha joyning mahalliy atmosfera sirkulyatsiyasiga, joyning relyefiga va boshqa omillarga bogʻliq[1].

Meteorologiyada shamollar ularning qattiqligi va yoʻnalishiga (qayerdan esayotganligiga) koʻra ajratiladi. Yengil shamol shaboda, deyilsa, qattiqlari boʻron, toʻfon kabi nomlanadi. Shamollar miqyosi turlicha: kichik miqyosli shamollardan (momaqaldiroq, yer qizishi tufayli) tortib global darajagacha (quyosh energiyasining turli iqlim hududlarida turlicha yutilishi sababli). Katta miqyosli atmosfera aylanishining asosiy sabablari ekvator va qutblar orasidagi harorat farqi va sayyora aylanishi (Coriolis samarasi) dir. Qirgʻoq hududlarda dengiz yoki okean shamolga sabab boʻlsa, quruqlik ichkarisida togʻ, dara va choʻl tarafdagi havolar aylanishidan shamol esishi mumkin.

Odam tamaddunida shamol mifologiyani ilhomlantirgan, tarixiy voqealarga taʼsir etgan, transport va qurol diapazonini kengaytirgan hamda energiya manbai boʻlib xizmat qilgan va qilmoqda. Shamol kemalar yelkaniga va havo sharlariga puflab, ularni harakatga keltiradi. Lekin kuchli shamol tabiat va xoʻjalikni vayron qiluvchi xavf tugʻdiradi.

Shamol eroziya sabablaridan biri hamdir, u togʻ-tosh manzaralarini shakllantiradi. Shamol qum va tuproqni koʻchiradi, yongʻinlar maydonini kengaytiradi. Shamol oʻsimliklar urugʻlarini tarqatadi. Sovuq havoda shamol organizmlarni halok qilishi ham mumkin. Shamol tabiiy kuchlardan biridir va tabiat hodisalarida katta ahamiyati bor.

  1. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000.