Shavkat Mirziyoyev | |
---|---|
Rasmiy portret (2018) | |
2-Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti | |
Mansab davri 2016-yil 14-dekabr – hozirgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Oʻtmishdoshi |
Islom Karimov Nigʻmatilla Yoʻldoshev (v.b.) uning oʻzi v.b. |
3-Oʻzbekiston Bosh vaziri | |
Mansab davri 2003-yil 12-dekabr – 2016-yil 14-dekabr | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Oʻtkir Sultonov |
Vorisi | Abdulla Aripov |
Samarqand viloyati hokimi | |
Mansab davri 2001-yil 11-sentabr – 2003-yil 11-dekabr | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Erkin Roʻziyev |
Vorisi | Rustam Xolmurodov |
Jizzax viloyati hokimi | |
Mansab davri 1996-yil 11-sentabr – 2001-yil 11-sentabr | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Alisher Toshkenboyev |
Vorisi | Ubaydulla Yamanqulov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 24-iyul 1957-yil Zomin tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi (2016–hozirgacha) |
Turmush oʻrtogʻi | Ziroatxon Hoshimova |
Bolalari | 3 |
Istiqomat joy(lar)i | Qibray tumani, Toshkent |
Ilmiy unvoni | texnika fanlari nomzodi |
Maʼlumoti | Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
Mukofotlari | |
Vebsayti | president.uz/en |
Vikiiqtibosda Shavkat Mirziyoyevga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev (24-iyul, 1957-yil, Zomin tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSRda tugʻilgan) — Oʻzbekiston davlat va siyosat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni (2016-yildan hozirgacha). Turli yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (2003—2016) va Jizzax, Samarqand viloyatlari hokimi (1996—2003) lavozimlarida faoliyat yuritgan.