Shotlandiya

Shotlandiya - Buyuk Britaniyaning maʼmuriy-siyosiy qismi (tarixiygeografik hudud). Buyuk Britaniya orolning shim. qismi va unga yondosh orollar (Gebrid, Orkni, Shetland)da joylashgan. Maydoni 78,8 ming km². Aholisi 5 mln. kishidan ortiq (2000). Asosiy shahri — Edinburg. Maʼmuriy jihatdan 9 rayon va orol hududga boʻlingan. Yer yuzasi, asosan, qir va togʻlar, qisman pasttekislik. Sohil boʻyi kambar pasttekislik. Iqdimi okean iqlimi. Daryo va koʻl koʻp. Hududining 2/1 qismi vereskli yalangliklar. Aholisining asosiy qismi shotlandlar. shahrida gellar shotland millatining oʻziga xos etnik guruhini tashkil qiladi.

Shotlandiyaning qadimiy aholisi piktlar boʻlgan. 5—6-asrlarda Irlandiyadan skottlar koʻchib kela boshlagan. Shotlandiya nomi (5so11aps1 —skottlar mamlakati) shundan kelib chiqqan. 7-asrda Shotlandiya hududining jan.ga angllar kelib joylashgan. 11-asrdan Shotlandiya qirolligi tashkil boʻldi. 11 a.ning 2-yarmida Shotlandiya Angliyaning normann bosqinchilari hujumiga uchradi. Shotland qiroli oʻzini Angliya qirolining vassali deb tan oldi. 1296—1314-yillarda Shotlandiya Angliyaga qarshi mustaqillik urushini olib bordi. 1328-yil Angliya Shotlandiya mustaqilligini tan oldi. 16-asrda cherkovni isloh qilish harakati avj oldi (qarang Reformatsiya). 1560-yil Shotlandiya parlamenti (1289—92 yillarda tashkil topgan) mamlakatda presviterianlik cherkovini taʼsis etish toʻgʻrisida Kovenant — shartnomani eʼlon qildi. 1603-yil Styuartlar sulolasi ingliz taxtida tasdiqlangach, Shotlandiya Angliya bilan shaxsiy ittifoq (uniya) sifatida birlashdi. 1651 — 52 yil rasmiy ravishda Angliyaga qoʻshib olindi. 1707-yil Shotlandiya-Angliya ittifoqi toʻgʻrisidagi hujjat qabul qilingach, Shotlandiya butunlay Angliyaga qoʻshildi.