Shumer

Shumer, Sumer - Janubiy Mesopotamiya (hozirgi Iroqning jan. qismi)dagi tarixiy viloyat. Mil. av. 3-ming yillik oxirigacha Shumerda shumerlar va qisman sharqiy somiylar — akkadlar yashagan. taxminan mil. av. 3-ming yillikda u yerda sinfiy jamiyat va davlat vujudga kelgan. Ilk sulolalar davri (mil. av. 2700—2300) da shahrida mixxat paydo boʻlgan. shahridagi quldorlik shahar davlatlari (Uruk, Kish, Ur, Lagash, Akkad va boshqalar) oʻrtasida gegemonlik uchun kurash avj olgan. Mil. av. 24-asrda Akkad hukmdori Sargon butun Mesopotamiyani oʻz qoʻl ostida birlashtirgan. Keyinchalik Shumer Bobil davlati tarkibiga qoʻshib olingan.