Shurf (nem.) — yer yuzasiga chiqish yoʻliga ega boʻlgan vertikal, baʼzan qiya kon inshooti, chuq. 40 m gacha boʻladi. Yer yuzasidan foydali qazilmalarni izlash va razvedka qilish hamda muhandislik geol.si va gidrogeologik tadqiqotlar qilish maqsadida oʻtkaziladi. Foydali qazilmalarni qidirish, suvni chiqarib tashlash, shamollatish, materiallarni yuqoriga chiqarish, odamlarni pastga tushirib chiqarish maqsadlarida foydalaniladi. Mustahkam boʻlmagan togʻ jinslaridan oʻtadigan Sh.lar mustahkamlanadi, chuq. 10 m dan ortiqlari shamollatiladi. Sh.lar kvadrat yoki toʻgʻri toʻrtburchak, yumaloq shakllarda boʻladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |