Sirdaryo | |
---|---|
shahar | |
40°51′0″N 68°40′0″E / 40.85000°N 68.66667°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Sirdaryo viloyati |
Asos solingan | 1971 |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbekcha |
Aholisi (2002) |
33 ming |
Milliy tarkib | oʻzbeklar, tojiklar, ruslar |
Konfessiyaviy tarkib | Musulmonlar, Xristianlar v.h |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | 8367 |
|
Sirdaryo — Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi shahar, tuman markazi. 1971-yilgacha shahar posyolkasi. Toshkentdan 80 km janubi-gʻarbda, Toshkent — Xovos temir yoʻlidagi stansiya. Sirdaryoning chap sohilida joylashgan. Viloyat markazi Gulistondan 40 km. Aholisi 30 ming kishidan koʻproq (2002). Sirdaryoda tuman hokimiyati binosi, sanoat, transport, aloqa, qurilish korxonalari, banklar mavjud. Paxta tozalash, sut, non, gʻisht zavodlari, MTP, 3 qoʻshma, 80 xususiy va kichik korxona, 50 dan ziyod firma, qandolatchilik, kvas va limonad ishlab chiqarish korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Dehqon bozori, supermarket, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchalari mavjud. Umumiy taʼlim maktablari, pedagogika kolleji, bolalar sanʼat maktabi, sport maktablari, kasb-hunar maktabi, markaziy stadion, tuman markaziy kasalxonasi, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, 3 madaniyat uyi, tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari bor. Yangi qurilgan avtovokzal, kasalxona, dorixona va boshqa savdo, maishiy obʼyektlar ishlab turibdi.[1] Shuningdek, shaharda Xitoy bilan hamkorlikda "Peng-sheng", Germaniya bilan hamkorlikda " Oyna va shisha" ishlab chiqaruvchi sanoat zavodlari, Hindiston bilan hamkorlikda farmasevtika zavodi faoliyat yuritmoqda.
Shaharda ko'plab masjidlar mavjud. Shuningdek, xristian-katolik cherkovi va xristian-provoslav cherkovi faoliyat yuritadi. "O'zbekiston", "Qahramonlar", "Furqat", "Akademik litsey" kabi asosiy ko'chalarga bo'lingan. "Paxtakor", "Shirin", "Oqibatli", "Furqat" kabi yirik MFYlar mavjud. Shaharda fuqarolar hordiq chiqarishi uchun "O'zbekiston-Xitoy do'stlik bog'i" parki bor.