Siyosiy psixologiya siyosatchilarni, siyosatni va siyosiy xatti-harakatlarni psixologik tarafdan tushunishga va ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan foydalangan holda psixologik jarayonlarni oʻrganishga yoʻnaltirilgan fanlararo akademik siyosiy sohadir.[1] Siyosat va psixologiya oʻrtasidagi munosabatlar ikki yoʻnalishli hisoblanadi, psixologiya siyosatni tushunish uchun obyektiv sifatida ishlatilsa, siyosat esa psixologiyani tushunish uchun obyektiv sifatida qoʻllanadi. Fanlararo soha sifatida koʻriluvchi siyosiy psixologiya oʻz ichiga: antropologiya, iqtisod, tarix, xalqaro munosabatlar, jurnalistika, ommaviy axborot vositalari, falsafa, siyosatshunoslik, psixologiya va sotsiologiyani olgan keng koʻlamli ilmlar majmuyi hisoblanadi.
Siyosiy psixologiya eʼtiqod, motivatsiya, aql, idrok, axborotni qayta ishlash, oʻrganish strategiyasi, sotsializatsiya va munosabatni shakllantirish taʼsirida boʻlgan shaxslar va kontekslar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliq munosabatlarni tushunishga qaratilgan yirik sohalardan hisoblanadi. Siyosiy psixologik nazariya va yondashuvlar koʻplab kontekslarda qoʻllangan, misol uchun: yetakchilik roli; ichki va tashqi siyosatni ishlab chiqish; etnik zoʻravonlik, urush va genotsiddagi xatti-harakatlar; guruh dinamikasi va ziddiyat; irqchilik harakati; ovoz berishga munosabat va motivatsiya; ovoz berish va ommaviy axborot vositalarining roli; millatchilik; va siyosiy ekstremizm.[2] Aslini olganda siyosiy psixologlar kognitiv va ijtimoiy tushuntirishlardan foydalangan holda siyosiy xatti-harakatlarning asoslari, dinamikasi va natijalarini oʻrganadilar.