Stokgolm shvedcha: Stockholm | |
---|---|
| |
59°19′46″N 18°4′7″E / 59.32944°N 18.06861°E | |
Mamlakat | Shvetsiya |
Maydon | 188 km2 (73 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | Shved tili |
Aholisi (2022) |
1 981 330[1] |
Zichligi | 10538,98 kishi/km2 |
|
Stokgolm (shvedcha: Stockholm) – Shvetsiya poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Melaren koʻlini Boltiq dengizining Saltshyon qoʻltigʻi bilan bogʻlovchi dare boʻyida va qirgʻoqqa yondosh orollarda joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil okean iqlimi, qishi nisbatan yumshoq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 3°gacha), yozi salqin (iyulning oʻrtacha temperaturasi 18°), seryomgʻir va kuchli shamollar boʻladi. Yillik yogʻin 600 mm chamasida. Atrofidagi kichikroq shaharlar bilan birlashib, Katta Stokgolm aglomeratsiyasini tashkil qiladi. Aholisi 751,2 ming kishi (2000). Kadimda (mil. av. 1-asrda) Stokgolm oʻrnida qishloq boʻlgan. Stokgolm haqidagi ilk maʼlumotlar 1252-yilga oid manbalarda uchraydi. 13-asr oʻrtalarida shahar huquqini olgan, 14-asrdan Shvetsiyaning bosh shahri. Oʻrta asrlarda Stokgolm hunarmandchilik markazi, muhim savdo porti boʻlgan. 1900-yillardan sanoati jadal rivojlandi, xususiy banklar tashkil qilindi. Shahar temir yoʻl orqali Gyoteborg, Malmyo va boshqa shaharlar bilan bogʻlandi. Stokgolmda xalqaro kongress, konferensiya va muzokaralar oʻtkaziladi. Katta Stokgolm mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 10% ni beradi. Sanoatining asosiy tarmoklari – mashinasozlik va metallsozlik. Mashinasozlik, asosan, elektrotexnika va radioelektronika sohalariga ixtisoslashgan. Shuningdek, oziqovqat sanoati uchun uskunalar, kompressorlar, transport mashinalari ishlab chiqariladi. Poligrafiya sanoati rivojlangan. Yengil, oziqovqat, farmatsevtika va kimyo sanoati korxonalari bor. Stokgolmda yirik banklar, sanoat kompaniyalarining boshqaruv organlari joylashgan. Stokgolm porti kj ortibtushirish boʻyicha mamlakatda 4oʻrinda. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Metropoliten qurilgan (1973).
Shaharning tarixiy markazi – Eski shahar oʻrta asr koʻrinishini qisman saqlab qolgan. Shaharning savdomaʼmuriy va madaniy markazi – Normalmda riksdag binosi, bank va konsernlar boshqaruv organlari, universitet binosi, opera teatri, markaziy vokzal va boshqa joylashgan.
Meʼmoriy yodgorliklardan oʻrta asrlarda kuril gan Storchyurka va Riddarxolmechyurka romangotika cherkovlari, Drotningxolm va Qirol saroylari, ratusha va boshqa saqlangan.
Stokgolm – mamlakatning madaniy va ilmiy markazi. Shaharda universitet, oliy texnika maktabi, tibbiyot instituti, musiqa va boshqa sanʼat maktablari, Shvetsiya Fanlar akademiyasi, Qirollik adabiyot, tarix va osori atiqalar akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi akademiyasi, rasadxona, milliy, zamonaviy sanʼat, etnografiya, tabiiytarix, dengiz, ochiq osmon ostidagi va boshqa muzeylar, kutubxonalar bor. Stokgolmda 25 dan ortiq teatr, sirk akademiyasi faoliyat koʻrsatadi. 1912-yilda Stokgolmda 5Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.
Stokgolm – Shvetsiyaning poytaxti va eng yirik shahri, madaniyat, media, iqtisodiy va siyosiy markazi.