Talliy / Thallium (Tl) | |
---|---|
Atom raqami | 81 |
Koʻrinishi | oqish-kumush rang |
Atom xossasi | |
Atom massasi (molyar massasi) |
204,38(1) m. a. b. (g/mol) |
Atom radiusi | 170 pm |
Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
589,4 kJ/mol (eV) |
Elektron konfiguratsiyasi | [Xe] 4f14 5d10 6s2 6p1 |
Kimyoviy xossalari | |
Kovalentlik radiusi | 145±7 pm |
Ion radiusi | (+1e) 164 (+3e) 102,5 pm |
Elektrmanfiylik (poling boʻyicha) |
1,62 |
Elektrod potensiali | Tl←Tl+ −0,338 V Tl←Tl3+ 0,71 V |
Oksidlanish darajasi | 3, 2, 1 (zaif asosli oksid) |
Termodinamik xossalari | |
Zichlik | 11,22 g/sm³ |
Solishtirma issiqlik sigʻimi | |
Issiqlik oʻtkazuvchanlik | |
Erish harorati |
577 K |
Erish issiqligi | |
Qaynash harorati |
1746 K |
Qaynash issiqligi | |
Molyar hajm | |
Kristall panjarasi | |
Panjara tuzilishi |
yopiq geksagonal |
Panjara davri |
3,460 Å |
Panjara/atom nisbati |
1,599 |
Debye harorati |
96,00 K |
81 | Таллий
|
Tl | |
4f145d106s26p1 |
Talliy (yun. Thallos – yashil novda; spektrning yorqin yashil chiziqlariga koʻra nomlangan, lot. Thallium), Tl – Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 81, atom massasi 204,37. 2 ta barqaror izotopi: 2MT1 (29,5%) va 205T1 (70,5%) va 207T1—2J"T1 radioaktiv izotoplari bor. 202T1, 204T1 radioaktiv izotopi sunʼiy usulda olingan. Ingliz kimyogari Talliy Kruks 1861-yilda sulfat kislota zdining qoʻrgʻoshin kamerasidan chiqadigan balchiqni spektroskop yordamida tekshirib, nomaʼlum elementga taallukli yashil chizyklar borligini koʻrdi. Keyinroq fransuz kimyogari TalliyTalliy Lami Talliyni ilk bor metall holda ajratib oldi va uning xossalarini aniqladi.
Talliy tarqoq element; Yer poʻstining massa jihatdan 4,510~5% ini tashkil qiladi. Talliy minerallariga lorandit TlAsS2, krukezit (Si, Ag, Te)2Se, vrbait Tl (As, Sb)3 S5, gutchinsonit (Si, Ag, Tl)2 SPb2As2S3 va 1958-yilda Oʻzbekistondan topilgan mineral avitsennit ZT12O32/ye2O3 lar kiradi. Talliy koʻpincha galliy va indiy b^n birga uchraydi. Talliy ogʻir metallarning polimetallik rudalari chiqindilarini qayta ishlab, sof Talliy esa uning sulfati eritmasini elektroliz qilib olinadi.
Talliy kumush rangoq metall, havoda tez oksidlanadi. Fizik xossalariga koʻra qoʻrgʻoshinga oʻxshaydi. Talliyning suyuqlanish temperaturasi 303,6°, qaynash temperaturasi 1457°, zichligi 11,85 g/sm3. Uning qattiq holatdagi 2 ta (a, R) modifikatsiyasi maʼlum. Talliy kimyoviy faol element. Koʻpchilik metallmaslar bilan bevosita birikadi, kislotalarda eriydi, ishqorlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Talliy birikmalarida 1 va 3 valentli. Talliy gidroksid T1ON kuchli asos. Talliy nitrat kislotada erib, talliy nitrat T1NO3 hosil qiladi. Lekin xlorid kislotada oz eriydi. Talliyning 1 valentli birikmalari barqarorrok, hisoblanadi.
Talliyning oʻzi va uning birikmalari juda zaharli. Masalan, talliy sulfat T12(SO4)3 kemiruvchilarga qarshi zaharli modda sifatida ishlatiladi. Talliy va uning birikmalari optik asboblarda, yarim oʻtkazgichlar texnikasida, katalizator sifatida, antidetanator oʻrnida ishlatiladi; talliy bromid bilan talliy yodiddan tashkil topgan qattiq eritmalarning monokristallari (Talliy xlorid hamda Talliy bromidning monokristallari) infraqizil nurlarni oʻzidan oʻtkazadi. Talliy karbonat optik shishalar sintezida, Talliyning oʻzi selenli tok toʻgʻrilagichlari tayerlashda ishlatiladi.
Talliy xayvon va oʻsimlik toʻqimasida doimo boʻladi. Tuprokda oʻrta hisobda 10^5%, dengiz suvida 10"9%, hayvon organizmida 410~5% miqdorda Talliy mavjud. Odam bir kechakunduzda ovqat va suv orkali 1,6 mkg, gʻavo orqali 0,05 mkg Talliy oladi. Talliy kishi organizmiga nafas va ovqat yoʻli, teri orqali kirishi mumkin. Talliydan kuchli zaqarlangan kishining 1—2 sutkadan keyin meʼdaichagi (koʻngli ayniydi, qusadi, qorni ogʻriydi, ichi suradi, ichi qotadi), oʻpkasi zararlanadi, sochi toʻkiladi, avitaminoz paydo boʻladi. Juda ogʻir zaharlanganda polinevrit, telbalik va koʻrmay qolish hollari uchraydi. Talliy organizmdan siydik (72%) va najas (14%) bilan chiqib ketadi.