Tarim | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 2 030 |
Suv sarfi | 920 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Xitoy |
Tarim |
Tarim — Xitoyning gʻarbiy qismidagi dare. Kunlun, Qoraqurum, Tyanshan va Pomir togʻlaridan boshlanuvchi Yorkenddaryo, Oqsuv va Xoʻtan daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi Yorkend daryosi boshlangan joyidan 2030 km, Markaziy Osiyoda eng uzun dare. Havzasining maydoni 1 mln. km². Ancha masofada Qashqar (Tarim) tekisligining gʻarbiy va shim. chekkasidan oqadi. Eng sersuv irmogʻi — Oqsuv. Yorkenddaryo va Xoʻtan daryosi baʼzi yillari qurib qrladi. T. oʻrta va quyi oqimida juda sertarmoq, asosiy oʻzani ham teztez oʻzgarib turadi. Deltasi murakkab tuzilgan boʻlib, Koʻnchidaryoga tutashgan. T.ning asosiy qismi Koʻnchidaryoga oqqan yili Lobnor koʻlining maydoni kengayadi, aksincha Koʻnchidaryo suvi T.ga oqqan yili Lobnor kichrayib yoki butunlay qurib, Krraboʻronkoʻlning maydoni kengayadi. Qadimda T.ga Qashqar, Tiznaf, Keriya daryolari ham quyilgan. T. qor va yomgʻirdan, yuqori oqimida muzlikdan suv oladi; may oyidan sentabrgacha sersuv boʻladi. Oʻrta oqimida eng yuqori suv sarfi 2500 m³/sek. Daryo qishda muzlaydi. Baliqqa boy. Suv parrandasi koʻp. T. suvidan ekinzorlarni sugʻorishda foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |