Taroqbosh (Bromus danthoniae) — boshoqdoshlar oilasi, yaltirboshlar turkumiga mansub bir yillik oʻt. Boʻyi 15—20 sm. Poyasi tuksizyoki qiskatukli. Barglari kalin, yassi, qisk£ tukli. Roʻvagi tigʻiz, uz. 10 sm. Changchisi 3 ta, urugʻchisi patsimon. Boshoqlari 4 sm gacha, 6—16 gulli. Boshoqcha qipiqchalari nashtarsimon, tuksiz yoki gʻadir-budur. May—iyul oylarida gullab urugʻlaydi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida choʻl, adir va togʻ zonalari, ekin maydonlari, bogʻ va dare boʻylarida usadi. T. yaylovlarda chorva oʻtlashi uchun yaxshi koʻk oʻt hisoblanadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |