Tavrlar — Qrimning janubiy qismi (Tavrika)ning eng qadimgi aholisi (mil. av. 9-asr — mil. 4-asr). Xoʻjaligi: chorvachilik, ovchilik, baliq ovlash, toʻqimachilik, jez quyish. Tavrlar qabilalari mustahkamlangan qishlokdarda yashashgan. Xersones, Bospor podsholigiga qarshi kurashishgan. Mil. 1-asrdan qoʻshni xalqlar (tavroskiflar va boshqalar) bilan aralashib ketgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |