Temuriylar sulolasi, oʻzini Koʻragoniy deb ham atagan, diniy jihatdan sunniy musulmon[1] sulola millat jihatidan esa turk urugʻi[2][3][4][5], fotix Temur avlodidan boʻlgan. „Koʻragoniy“ soʻzi moʻgʻulcha „Kuragan“ soʻzining mahalliy turkiy xalq tilida oʻzgartirilgan shakli boʻlib, „kuyov“ maʼnosini bildiradi[6]. Bu sulola tomonidan qoʻllangan sharafli unvon edi, chunki Temur Chingizxonning bevosita avlodi Saroy Mulkxonimga uylangan edi. Temuriylar sulolasi tarixda ikkita muhim imperiya – Eron, Iroq, Suriya va Oʻrta Osiyoda joylashgan Temuriylar imperiyasi(1370-1507) va Hindiston yarimorolida joylashgan Temuriy-Boburiylar imperiyasini tuzdilar(1526-1857).
↑Maria E. Subtelny, Timurids in Transition: Turko-Persian Politics and Acculturation in Medieval Persia, Vol. 7, (Brill, 2007), 201.
↑Encyclopædia Britannica, „Timurid Dynasty“, Online Academic Edition, 2007. (Quotation: „Turkic dynasty descended from the conqueror Timur (Tamerlane), renowned for its brilliant revival of artistic and intellectual life in Iran and Central Asia. … Trading and artistic communities were brought into the capital city of Herat, where a library was founded, and the capital became the centre of a renewed and artistically brilliant Persian culture.“)